• Turkiston tog‘ oldilarida (Xovos), Nurota, Zarafshon tizma tog‘lari, Ko‘hitang va Hisor tizma tog‘lari
  • Kolvor ilon
  • Kolvor ilon chaqqanda
  • Qalqontumshuq ilon (sitomordnik) Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi tog‘larda va Qoraqalpog‘istondagi tekisliklarda
  • Shimoliy va Markaziy Amerikada hamda Janubiy Amerikaning shimoliy rayonlarid
  • O'zbekistonning zaharli ilonlari, ularning tarqalishi va ahamiyati




    Download 3,84 Mb.
    bet2/4
    Sana14.05.2024
    Hajmi3,84 Mb.
    #231648
    1   2   3   4
    Bog'liq
    202 Bio Mo‘minjonova Muslima

    Kobra zahri:
    Ko‘lvor ilon ancha yirik bo‘ladi, yo‘g‘onligi odamning bilagidek keladi. Tanasining uzunligi 160 sm cha, dumi esa 20 sm dan ortiq emas. Eng og‘ir ko‘lvor ilonning massasi 3 kg cha keladi. Usti och yoki to‘q kul rang, sarg‘ish yoki jigarrang tusli. Naqshi xilma-xil cho‘qqi-qirrasi bo‘ylab yirikroq va gavdasining yon tomonlarida esa maydaroq dog‘lari bo‘ladi. Qorni och rangli bo‘lib, ayrimlarida mayda nuqtalari bo‘ladi.
    O‘zbekistonda Turkiston tog‘ oldilarida (Xovos), Nurota, Zarafshon tizma tog‘lari, Ko‘hitang va Hisor tizma tog‘lari etaklarida uchraydi. Bu ilon kobraga nisbatan ancha ko‘p tarqalgan. Zarafshon tizma tog‘i va Nurota tog‘larining ba’zi joylarida bahorda kuniga beshtagacha, ba’zan esa undan ko‘p ko‘lvor ilonni uchratish mumkin.
    Ko'lvor ilon
    Ko‘lvor ilon tog‘larda, va tog‘larning atroflaridagi vodiylarda yashaydi. Qishloqlarda va tog‘ etaklaridagi bog‘larda, buloqlarning bo‘yida, tog‘lardagi tosh uyumlari orasida ko‘p uchraydi. Qiyaliklarning yoriqlari, toshlar orasidagi bo‘sh joylar, kemiruvchilarning, tulki va qushlarning sog‘ tuproqli jarliklardagi inlariga kirib yashirinadi.
    Ko‘lvor ilon qishlagandan keyin mart oyida, baland tog‘larda esa aprelda chiqadi. Dastlabki kunlari ular kunduzi oftobda isinadi
    Ko'lvor ilon chaqqanda:
    Ilon odamga duch kelganda harakatsiz yotadi va ko‘pincha uni oyoq yalang bosib oladilar. Ko‘lvor ilonning chaqishi juda xavfli. Agar ilon chaqqan odamga o‘z vaqtida meditsina yordami ko‘rsatilmasa, u halok bo‘lishi mumkin. Zahari qonga, jigarga ta’sir qiladi, shishirib yuboradi, terida binafsha rang qizil dog‘lar ko‘rinishida nuqtali qon quyilishi kuzatiladi. Ko‘lvor ilonning zaharidan olinadigan zaharga qarshi zardob shu turkumga mansub boshqa ilonlar chaqqanda ishlatiladi.
    Qalqontumshuq ilon (sitomordnik)

    Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi tog‘larda va Qoraqalpog‘istondagi tekisliklarda qalqontumshuq ilon yashaydi. Bu respublikamizda tarqalgan birdan-bir chinqiriq yoki shaqildoq ilondir. Bu oilaning ko‘p vakillari Shimoliy va Markaziy Amerikada hamda Janubiy Amerikaning shimoliy rayonlarida yashaydi.
    Tanasining uzunligi 68 sm gacha, dumi qisqa 4—8 sm bo‘ladi. Ustida to‘q rangli ko‘ndalang dog‘lari bor. Bu yo‘llarning cheti o‘rtasiga qaraganda ancha to‘q rangli bo‘ladi. Tanasining yonida ancha mayda va to‘q rangli dog‘lardan iborat uzunasiga ketgan yo‘llari bor. Qorni och yoki to‘q rangli mayda dog‘li, ba’zan esa dog‘siz bo‘ladi.
    Qalqontumshuqning tipik yashash joylari shimolda -gil tuproqli va qumli cho‘llardir. Janubda u baland tog‘lardagi archazor o‘rmonlarda va tosh uyumlari bo‘ylab alp o‘tloqlarigacha (3200 m va undan balandroq) uchraydi.
    Mirzacho‘lda qishlagan qalqontumshuqlar fevralning oxiri — martning boshida qishlovdan chiqadi. Dastlabki kunlari ular o‘zlari kishlab chiqqan kemiruvchilarning ini yonida isinadi. Issiq tushishi bilan tungi hayot tarziga o‘tadi. Iyulning oxiri — avgustda urg‘ochilari 160—190 mm uzunlikdagi 1—20 ta bola tug‘adi. Ular sekin o‘sadi. Hayotining uchinchi yili jinsiy jihatdan voyaga etadi. Belgilab qo‘yilgan qalqontumshuqlar tabiatda 12—13 yildan keyin tutilgan edi. Balki ular bundan uzoq yashasa kerak. Qalqontumshuqning chaqishi juda og‘ritadi. Bunda odam shishib ketadi, issig‘i ko‘tariladi, ba’zan esa qorason kasalligi kuzatiladi. 10— 15 kundan keyin u tuzala boshlaydi.

    Download 3,84 Mb.
    1   2   3   4




    Download 3,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekistonning zaharli ilonlari, ularning tarqalishi va ahamiyati

    Download 3,84 Mb.