|
O'zbekistonning zaharli ilonlari, ularning tarqalishi va ahamiyati
|
bet | 3/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #231648 |
Bog'liq 202 Bio Mo‘minjonova MuslimaCharx ilon (efa peschannaya)
Charxilon uncha katta bo‘lmaydi. Tanasining uzunligi 86 sm, dumi qisqa — 7,5 sm gacha boradi. Usti qo‘ng‘ir-kul rang yoki qum rang bo‘ladi. Qiyshiq joylashgan yon tangachalari orqadagilariga qaraganda to‘qroq bo‘ladi. Orqasida ko‘ndalang yoki oq, ko‘ndalangiga cho‘ziq dog‘lari bor. Ular qirralari orasida ilonizi yo‘l hosil qilib joylashgan. Och rangli dog‘lardagi ba’zi tangachalarning cheti qoramtir qo‘ng‘ir yoki qora bo‘ladi. Boshining ustida butsimon naqshi bor. Bu ilon joyida turgan holda charx urib aylanadi va bu vaqtda yon tangachalari bir-biriga ishqalanib charx toshi kabi o‘ziga xos tovush chiqaradi. Shuning uchun ham unga charx ilon degan nom berilgan.
O‘zbekistonda charxilon Termiz atroflari va Qorasuv hamda Surxondaryodagi sog‘ tuproqli cho‘llarda juda ko‘p. Bu erda bahorda bir kun davomida 30 taga yaqin ilon uchratish mumkin. Surxondaryo vodiysi bo‘ylab Sho‘rchi va Bobotog‘ tog‘ etaklari atroflarigacha tarqalgan. Qoraqalpog‘istonning janubiy rayonlarida va Qizilqum cho‘lida ancha kam uchraydi. Bu ilon asosan sog‘ tuproqli va qumli cho‘llar, daryo vohalaridagi jarliklar, ko‘hna xarobalarda yashaydi. Goho u quruq yon bag‘irlarda yashaydi.
Charx ilon
Sirdaryo bo‘ylarida ko‘pincha uncha katta bo‘lmagan ilon — dasht zaharli qora iloni uchrab turadi. Tanasining uzunligi 55 sm cha, dumi qisqa 4—6 sm. Usti qo‘ng‘irsimon-kul rang, orqa cho‘qqasi bo‘ylab to‘q rangli egri-bugri yo‘li bor, ba’zan u uzuq-uzuq yoki dog‘lardan iborat bo‘ladi. Gavdasining yonlari to‘q rangli, odatda keskin ajralib turmaydigan dog‘lar bilan qoplangan, bu erdagi tangachalarining chetlari ochroq
Respublikamizda Chirchiq vodiysida Xo‘jakentdan Chinozgacha bo‘lgan joylarda, Sirdaryo vodiysida Xovosdan pastroqda ko‘proq, Chotqol tizma tog‘larida Parkent, Chimyon va Xumson yaqinida esa kamroq uchraydi. Daryo vohalaridagi chingil va sho‘ra o‘tlar ko‘p o‘sadigan ko‘llarning qirg‘oqlarida, sholipoyalar marzalarida ko‘proq yashaydi. Kemiruvchilarning
iniga kirib yashirinadi. Tog‘lardagi
yaproqli
o‘rmonlar zonasida kam uchraydi.
|
| |