10-Mavzu: Dizel dvigatellarining ta`minlash tizimi.
Reja.
1. Dizel dvigatelining ta’minlash tizimining vazifasi, tuzilishi va ishlashi.
2. Yonilg’i xaydash nasosi, tozalagich filьtrlar.
3. Yuqori bosimli nasos, forsunkalar konstruktsiyasi va ishlash jarayonlari.
4. Tirsakli valni aylanishlar sonini rostlagich.
5. Yonilg’i purkalishini ilgarilatish avtomatik muftasi.
Tayanch so’z va iboralar: Dizel dvigatelining yonilg’i bilan ta’minlash
tizimi, dizel yonilg’isi
va uning xususiyatlari, yonilg’i so’rish va haydash nasosi,
yonilg’ini dag’al
va mayin tozalagichlar, yuqori bosim yonilg’i nasosi, past va
yuqori bosimli yonilg’i naychalari
va ularni joylanishi, forsunka va havo
tozalagich, yonish bo’linmalari, dizelda yonuvchi aralashmani hosil bo’lishi,
tirsakli val aylanishlar chastotasini barcha maromli rostlagich bilan sozlash.
1. Dizel dvigatelining ta’minlash tizimining vazifasi, tuzilishi va ishlashi.
Dizel dvigatelining yonilg’i bilan ta’minlash tizimi, ma’lum
miqdordagi
yonilg’ini o’zida saqlash, uni dag’al va mayin tozalash, yuqori bosim yonilg’i
nasosida yuqori bosim hosil qilib, uni forsunka yordamida tsilindr ichidagi siqilgan
va qizigan havoga tuman shaklida purkash uchun hizmat qiladi.
Dizel dvigatelida
yonuvchi aralashma tsilindr ichida hosil bo’ladi. Dizellarda yonilg’ini purkash,
yuqori bosim nasos va har bir tsilindrga yopiq holda o’rnatilgan forsunkadan
iborat. Ta’minlash tizimi asosiy ikkita: pastki va yuqori shaxobchalardan iborat.
Past bosim shaxobchasi yonilg’ining bakdan yuqori bosim nasosiga uzatadi.
Yuqori bosm shaxobchasi esa, ma’lum miqdordagi yonilg’i ma’lum vaqtda bosim
bilan dvigatelning tsilindrlariga uzatadi. YaMZ dizel dvigatelning yonilg’i
bilan
ta’minlash tizimining umumlashgan chizmasi 8.1-chizmada keltirilgan.
8.1-chizma. YaMZ dizelning yonilg’i bilan ta’minlash tizimi.
Bak 2 dan yonilg’i, haydash nasosi 20 hosil qilgan siyraklanish ta’sirida,
dag’al tozalagich 22 ga yuboriladi. Bk tozalagichdan yonilg’i Mayin tozalagich 7
ga, undan yonilg’i naychasi 10 orqali yuqori bosim nasosi yordamida 150 kg/sm
2
ga yaqin bosim ostida yonilg’ini purkash forsunkasi 17 ga yuboriladi. Yuqori
bosim nasosi 19 da yig’ilib qolgan ortiqcha yonilg’ining bosimini 150 kg/sm
2
ga
tenglashganda o’tkazib yuborish klopani 13 ochilib qaytarish naychalari 4 va
11orqali yonilg’i bak 2 ga oqib tushadi. Forsunka 17
tirqishlaridan tomib oqib
chiquvchi yonilg’i baka naycha 18 orqali qaytadi.
Dizelni dastlab yurgizishda tizimnm yonilg’i bilan to’ldirish jarayoni
haydash nasosi 20 ning g’ilofidagi qo’l-yuritmali nasos 12
yordamida amalga
oshiriladi. Yonilg’i bilan kirgan havoning tashqariga chiqarib yuborish uchun tiqin
9 va 14 da parmalangan teshiklar bor. Tizimda yonilg’ini tozalovchi asosiy
tozalagich 7 va dag’al tozalagich 22 hamda bakning bo’g’izidagi to’r-simli
tozalagich
uchidan tashqarii, yonilg’i qabul qilgich 1 qopqog’ida va forsunka 17
ning shtutseri 16 da to’r-simli tozalagichlar bor.
Undan tashqarii yuqori bosmli nasosda tirsakli valning aylanishlar soning
o’zgartirib beruvchi ikki maromli rostlagich o’rnatilgan.
Rostlagich dvigatel eng
kichik aylanishlar 600 ayl/min sonini barqarorlashtirib eng yuqori aylanishlar soni
2800 ayl/min ni o’zidan-o’zi cheklab turadi.