Ajratilmagan yonish bo’linmasining asosiy qismi poshen tubi 1 ning o’rta
qismidagi chuqircha 3 da joylashgan (8.2-chizma,a). Yonilg’i
bevosita yonish
bo’linmasiga chuqirchaga purkaladi, bu esa uning bug’lanishini va siqilgan hamda
qizigan havo blan yaxshi aralashishni tezlashtiradi. Kengayish jarayonida gaz
bosimi va haroratni ortish tezligi katta bo’lib, dvigatelni tejamkorligi oshadi. Bu
yonish bo’linmasi avtomobil dizellarida keng tarqalgan.
Ajratilgan old bo’linmali yonish bo’linmasi (8.2-chizma,b).
Ikki qismdan
iborat bo’lib, asosiy qismi porshen tubi 7 ga joylashgan,
kichik qismi esa
bo’linmaning oldiga tsilindr qopqog’i ichida 4 da joylashgan. Siqish jarayonining
oxirida havoning bir qismi porshen tubidan old bo’linma 9 ga tarqaladi. Old
bo’linmaga yonilg’i purkalish natijasida yonilg’ining bir qismi yonadi, bo’linmada
bosim ortadi. Natijada kengaygan gaz yonish maxsulotlari Bilan birga kata tezlikda
asosiy yonish bo’linmasiga tarqaladi. Yonish bo’linmasida havoning tezligi kata
bo’lganligi uchun yonilg’i Bilan havo yaxshi aralashadi.
Lekin bu yonish
bo’linmasida yonish tezligi kuchsiz, FIK kichik va yonilg’i sarfi ko’p.
Sovuq
sharoitda esa dvigatelni yurgizib yuborish qiyinlashadi.
Uyurma bo’linmali yonish xonasi qopqog’iga joylashgan bo’lib, (8.2-
chizma,v) siqish natijasida havo bo’linmasida uyurmalanib harakat qiladi. Siqish
jarayoni oxirida uyurma bo’linma birga purkalgan yonilg’i havo bilan almashadi,
bug’lanadi va qisman yonadi. Natijada uyurma bo’linmada bosim ko’tariladi,
yonib ulgirmagan yonish maxsulotlari katta tezlikda tuynik 11 orqali asosiy yonish
bo’linmasi 12 ga o’tadi va qizigan havo juda tez yonadi. Bu bo’linma
orqali
dvigatelni oson yurgizib yuboradi. Ajratilgan va uyurmali yonish bo’linmalari
dizellar ko’proq traktorlarga o’rnatilgan.