Yonilg’i xaydash nasosi, tozalagich filьtrlar




Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana15.02.2024
Hajmi0,85 Mb.
#156978
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-maruza

 
2. Yonilg’i xaydash nasosi, tozalagich filьtrlar. 
Ta’minlash tizimlardagi asbob va qurilmalarning vazifalari hamda tuzilishi 
.Ta’minlash tizimidagi asbob va qurilmalar yordamida yonilg’i vaqtidagi
yonilg’ini so’rib olib, uni dag’al va mayin tozalagichlarda tozalab, uni yuqori 
bosim nasosiga bosim bilan yuborish, yuqori bosim nasosda ma’lum miqdordagi 
yonilg’ini ajiratib olib, uni yuqori bosim bilan forsunkaga yuborish, forsunkada 
yonilg’ini to’zitib tsilindr ichiga purkash hamda dvigatelning ish maromiga 
(rejimiga) qarab uzatilayotgan yonilg’ini ozaytiriladi yoki ko’paytiriladi. 
Taьminlash tizimi yonilg’ini past bosim orqali uzatish va yonilg’ini yuqori 
bosim orqali uzatish shaxochalaridan tuzilgan. 


Yonilg’ining past bosim orqali uzatish shaxobchasiga dag’al va mayin 
tozalagichlar, yonilg’i so’rish, haydash nasosi hamda naychalar kiradi.
Dag’al tozalagich. Tozalagich g’ilof ip gazlamadan to’kilgan unga to’r 
qovirg’a o’ralgan tozalagich o’rnatilgan. Yonilg’i to’qima orasidan o’tib 
tozalanadi. G’ilofning pastki qismida cho’kmalarni to’kib yuborishi uchun to’lqinli 
teshigi mavjud. 
Mayin tozalagich. Yonilg’ini yanada yaxshiroq tozalaydi. Tozalagich 
markazida to’r qovirg’ali po’latdan tayyorlangan to’rsimon tozalagich sterjenga 
o’rnatilgan. Qovirg’ali to’r ichida mato bilan o’ralgan teshikchali qovirga 
o’rnatilgan bo’lib, uning ustiga bir necha qavat doka o’ralgan. Tozalagich 
qopqog’ida tizimdagi ortiqcha yonilg’ini va havoni chiqarib yuborish uchun jiklyor 
o’rnatilgan. CHo’kma va quyqa tiqin orqali chiqarib yuboriladi. 
Yonilg’i so’rish va haydash nasosi. Bu nasos yuqori bosim nasosining 
g’ilofiga o’rnatilgan bo’lib, yonilg’ini bakdan dag’al tozalagich orqali so’rib, keyin 
uni Mayin tozalagichlar orqali yuqori bosim nasosiga haydaydi. Nasos harakatini 
yuqori bosimnasosining taqsimlash valining eksentregidan oladi. Dvigatelni 
yurgizishda tizimga yonilg’ini keltirish uchun nasosni qo’lda harakatlantiriladi. 
(8.3-chizma) 
Haydash nasosi ikki porshenli bo’lib, u aylanishlar chastotasi roslagich ning 
qopqog’iga KamAZ dvigatelida turtkich 7 qaytarish bilan porshen 1 purjina 5 
tasvirida pastga tamon harakatlanadi va A bo’shliqda siyraklanish xosil qiladi. 
Kiritish klapani 4 purjina uchini siqib ko’tariladi va bu bo’shliqqa yonilg’i o’ta 
boshlaydi. 
8.3-chizma. Haydash nasosining ishlashi. 
1-yonilg’ini dag’al tozalagichdan kelishi, 2-qo’l yuritmali nasosi porsheni, 
3,5,6,10-prujinalar, 4-kiritish klapani, 7-turtkich; 8-ekstsentrik,
9-xaydash klapani; 
SHu paytda B bo’shliqdan yonilg’i xaydash magistraliga siqib chiqariladi bunda 
klapan 9 yopiq holatda bo’ladi. Porshen 1 yuqoriga harakatlanganda yonilg’i A 
bo’shliqdan xaydash klapani 9 orqali V bo’shliqqa o’tadi, bu paytda kiritish 


klapani 4 yopiq bo’ladi bunda yonilg’i yuqori bosim nasosiga yuboriladi. Tizimga 
yonilg’i xaydash uchun dastlabki porshi ikki bilan birga qo’l yordamida, 
yuqoridan- pastga va pastdan- yuqoriga harakatlantiriladi. Yonilg’i yuqori bosim 
orqali uzatish shaxobchasiga yuqori bosim nasosi, forsunka va naychalar kiradi. 

Download 0,85 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Yonilg’i xaydash nasosi, tozalagich filьtrlar

Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish