Dizel yonilg’isining xususiyatlari




Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana15.02.2024
Hajmi0,85 Mb.
#156978
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-maruza

Dizel yonilg’isining xususiyatlari. 
Dizel yonilg’isi neftga katalitk krenking komponentlari qo’shib, bevosita 
haydash yo’li bilan olingan maxsulot. Dizel yonilg’isida uglerod-S vodorod-N va 
kislarod-O
2
elemenlaridan tashkil topgan. Dizel yonilg’isi o’t olish harorati 35-
40
o
S, muzlash harorati yozgisida -10
o
S, qishkisida 35
o
S, yonilg’ining solishtirma 
og’irligi 800-850 kg/t va 1 kg yonilg’ining issiqliq berish qobiliyati 42500 kJ/kg, 
tsetan soni 45.
Avtotraktor dizel yonilg’isi uch sortda chiqariladi: yozgi, qishgi, artik va 
maxsus.
Dizel yonilg’isi markasidagi harflar quyidagini bildiradi: L- yozgi yonilg’i, 
havo harorati 0
o
S dan yuqori bo’lganda ishlatiladi; 3- qishgi havo harorati -20
o
S va 
undan yuqori bo’lganda ishlatiladi. 
Dizellarda yonilg’i havo bilan bevosita tsilindrda 30-50 kg/sm
2
bosimgacha 
siqilgan va siqilish hisobiga 600-800
o
S gacha qizigan havoga yuqori bosim ostida 
ishlaydigan forsunka orqali yonilg’i portsiyasi purkaladi. 
TSilindrda yonilg’i issiq havo bilan aralashadi. Qisqa vaqt ichida aralashma 
hosil bo’ladi, so’ng yonilg’i bug’ldanadi, uglevodorodlar kimyoviy oksidlanadi
reaktsiyalar sodir bo’ladi, natijada yonilg’i o’z-o’zidan alangalanadi va yonadi. 
Dvigatellar ishonchli va tejamli ishlashi uchun yonilg’ini to’g’ri tanlanishi 
va yonilg’i purkalishini ilgarilatish burchagi optimal bo’lishi lozim, aks holdia 


gazlar qorayib chiqadi, quvvat pasayadi, yonilg’i sarfi ko’payadi. 
Yonilg’i to’la va sifatli yonishi uchun yuqori bosim nasosi va forsunka 
yaxshi ishlashi lozim, klapanlarda, porshen va halqalarda qurm bo’lmasligi kerak, 
yonilg’ida suv bo’lmasligi va qurumlar zanglamasligi kerak, yonilg’ining 
qovushoqligi me’yorida bo’lishi kerak, uning kamayishi va oshishi dvigatelning 
ishiga yomon ta’sir qiladi. Qovushoqligi past bo’lsa yonilg’i birikmalaridan sizib 
o’tib ketadi.Qovushoqligi ko’payib ketsa yonilg’i yaxshi to’zimaydi, aralashma 
sifati pasayib ketadi va u chala yonadi. Havo sovuq bo’lganda yonilg’ining 
qovushoqligi ko’payib ketadi.
Dizel yonilg’isining o’z-o’zidan alangalanishiga hamda dvigatelning qattiq 
ishlashiga moyilligi tsetan (TSS) bilan baholanadi. Dizel yonilg’isi tsetan va 
alfametelnaftalindan tashkil topgan aralashma. TSS yuqori bo’lganda yonishning 
boshlashi ravon bo’ladi, Dvigatel silliq, taqillashsiz va shovqinsiz ishlaydi. TSS 
ortiqcha tutin miqdori oshadi. SHu sababli dizel yonilg’isi uchun TSS 40-60 
oralig’ida bo’lishini qabul qilingan. TSS–aralashmadagi foizda hisoblangan tsetan 
(S
16
N
34
) miqdori.
Dizel dvigatellarini ishlashida yonilg’i purkalishini ilgarilashish burchagi 
to’ri o’rnatilganda yonilg’i yaxshi yonadi. 
Yozda TSS taxminan 45 birlikda, qishda esa 50 birlikka teng bo’lgan 
yonilg’i ishlatilganda dvigatelni normal yurgizib yuborish va yumshoq ishlatish 
mumkin.
Yonilg’i havosiz, yuqori haroratda (800-900
o
S) parchalanib qurm hosil 
qiladi. Bu halqalar va klapanlarni yemiradi. Miqdori 0.03 foizdan oshmasligi 
kerak. Yonilg’i havoda 800-850
o
S haroratda yondirilganda kul hosil bo’ladi va 
qismlarni yeyilishini tezlashtiradi, miqdori 0.02 foizdan oshmasligi kerak.
Yonilg’i tarkibida suv bo’lmasligi lozim, chunki u sovuq vaqtda dvigatelni 
o’t olishini qiyinlashtiradi, qismlarni zanglatadi va tozalagich teshiklarida muzlab 
yonilg’ini o’tkazmaydi. Yonilg’i tarkibida mexanik aralashmalar bo’lmasligi 
lozim, chunki ularda qiruvchi zarrachalar bo’lib yonilg’i apparatlarini va 
forsunkani yeyilishiga sabab bo’ladi. SHuning uchun dizel yonilg’isining 17-20 
kun tsisternalarda tindiriladi. 
Neft maxsulotlarin qabul qilib olish, tarqatish va saqlashning elementar 
qoidalariga rioya qilinsa dvigatel qismlarin muddatidan oldin yeyilib ishdan 
chiqishini oldi olinadi. 

Download 0,85 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish