• Surayyo Adilovna Qodirova Maktuba To‘xtasinovna Abdujabbarova TURAR JOY VA JAMOAT BINOLARINI LOYIHALASH
  • Toshkent arxitektura qurilish instituti




    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/128
    Sana26.01.2024
    Hajmi18,93 Mb.
    #146151
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
    Bog'liq
    Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova




    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
     
    TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI 
     
     
    Surayyo Adilovna Qodirova 
    Maktuba To‘xtasinovna Abdujabbarova 
     
     
    TURAR JOY VA JAMOAT BINOLARINI 
    LOYIHALASH 
     
    (Darslik) 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    Toshkent - 2020 



    UDK: 721.012.17. 
    Mualliflar: - S.A. Qodirova, TAQI “Arxitekturaviy loyihalash”
    kafedrasi dotsenti. 
    - M.T. Abdujabbarova, TAQI “Arxitekturaviy loyihalash”
    kafedrasi dotsenti.
     
     
    Ushbu darslik ikki qismdan iborat bo‘lib, darslikning birinchi qismida turar-joy 
    binolari loyihalashning umumiy qoidalari, arxitektura bilan uzviy bog‘lanish jarayoni 
    ko‘rsatib berilgan. Turar-joy binolarining tipologiyasi, ularning umumiy muammolari, 
    uy-joy qurish masalalari, uy-joylarning turlari (klassifikatsiyasi), xonadon va uning 
    tarkibi hamda funksional-texnologik bog‘liqligi yoritilgan bo‘lib, bunda jamiyat 
    taraqiyoti, iqlim sharoiti, aholining demografiyasi, funksional joylashish vazifasi, 
    yechimi, tashqi ko‘rinishiga ta’siri ko‘rsatilib va ularni asoslab berilgan. 
    Ikkinchi qismida jamoat binolarini loyihalashning umumiy qoidalari, arxitektura 
    bilan uzviy bog‘lanish jarayoni ko‘rsatib berilgan. Barcha jamoat binolari va 
    inshootlarining arxitekturasiga universal omillar: ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy
    ekologik, shaharsozlik, funksional, kompozitsion, hajmli – rejali, konstruktiv, 
    me’moriy-badiiy omillar ta’sir ko‘rsatish keng yoritilgan.
    Mazkur darslik 5340100 – “Arxitektura” ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasi va 
    dasturiga muvofiq keladi, oliy arxitektura maktabida o‘qitiladigan nazariy va amaliy 
    materiallarni o‘z ichiga olib, “Turar joy va jamoat binolarini loyihalash” faoliyatini 
    o‘rganishda tavsiya etiladi. 

    Download 18,93 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish