5
Farg‘ona vodiysida ayvon yoz oylarida asosiy xona bo‘lib xizmat qilgan.
Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatida ayvonlar oynavand bo‘lib, bu xildagi
ayvonlar tashqaricha usul deb atalgan va aholi yil bo‘yi shu ayvonda istiqomat qilgan.
Rossiyadan ko‘chib kelgan aholi esa o‘z usullarida, ya’ni rus uslubida uylar
qurganlar. Bu uylar bir qavatli bo‘lib, yakka tartibda alohida-alohida qurilgan.
O‘zbekiston iqlim sharoiti bu uylarning tarxida albatta katta-katta ayvonlarni hovliga
qaratilgan holda qurishga majbur qilgan. Bunday uylarning devorlari 80-90 sm
bo‘lib, xom g‘ishtdan terilgan va uyning ichida yozda salqin va qishda issiq
bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Bu uylarning past qavatli va hovliga ega bo‘lishi
shaharlarning eniga qarab o‘sib ketishiga sabab bo‘lgan.
Shahar (yashash) hududlarining tanqisligi tufayli jamiyat rivojlanishida
shaharlar rolining oshish jarayonida aholini joylashtirilishi bo‘yicha liftsiz va ko‘p
qavatli uylar turar – joy binolarining asosiy turlariga aylanmoqda. Ularning ko‘p
sonda qo‘llanishi yashash hududlari va injenerlik kommunikatsiyalaridan yetarli
darajada samarali foydalanish imkonini bermoqda. Turar – joy binolarining bunday
turi Markaziy Osiyo viloyatlarida turli – tuman arxitekturaviy rejaviy, hajmiy –
obrazli va konstruktiv yechimlari bilan yanada keng tarqalib bormoqda. Ular
iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lib, turli sonli va demografik tarkibdagi oilalarning
yashashi uchun fazoviy – rejaviy parametrlar bo‘yicha respublikamizning murakkab
iqlimli va seysmik rayonlarda (7 – 9 balli) ma’lum muddatlarda normal sanitar-
gigiyenik va komfort sharoitlarni yaratadi.
Shuning uchun bo‘lajak me’morlardan shunday loyihalar talab qilinadiki, bu
yangi loyihalar bizning nafaqat iqlim sharoitimizga va shuning bilan birga, bizning
ming yillab shakllanib kelgan urf-odatimizga, madaniyatimizga va tariximizga ham
to‘la javob bera olishi kerak.