13
Turar-joy qurilishida ko‘pincha xonadonlarni kommunikatsion ta’minlashning
aralash variantlari qo‘llaniladi, bu yo‘lak-seksiyali, galereya-seksiyali va boshqa
tizimlar paydo bo‘lishiga olib keladi. (1.3e-rasm).
Qo‘rg‘oncha (usadebniy) turidagi o‘z hovlisiga ega uylar asosan qishloq
hududlari va kichik shaharlarda qurish uchun mo‘ljallangan.(1.3g-rasm). Uyga kirish
qismi yer sathida joylashtiriladi, bu hovli va uyning xo‘jalik xonalari orasidagi
zaruriy aloqani ta’minlaydi. Hovli o‘lchami 600-1200 m
2
bo‘lib, u bir oilaning
xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan. Blokirovkali uylarda har bir xonadon, avvalgi
holatdagidek, yer sathida bo‘lgan alohida kirish joyiga ega.