21
Yaxshi mikroiqlimni ta’minlshda (ayniqsa quyoshga noto‘g‘ri qaratilgan uylar
uchun) quyoshga qarshi qurilmalar ishlatiladi: gorizontal qurilmalar janubga
qaratilgan
xonalarlar uchun, vertikal qurilmalar sharq va g‘arb tomonga qaratilgan
xonalar uchun hamda har xil boshqa aralash qurilmalar (markiz, shtor va jalyuzalar)
va uy atrofini yopib o‘sadigan o‘simliklar ishlatiladi. Quyoshga qarshi qurilmalar
nafaqat havoni salqinlashtiribgina qolmay, uyning chiroyli ko‘rinishiga ham yordam
beradi. Ular uylarning tarzini boyitishga va shinam bo‘lishiga katta yordam beradi.
Yuqorida aytib o‘tilgan vositalar O‘zbekiston sharoitidagi mikroiqlimni yaxshilashda
tabiiy hisoblanadi. Shular bilan bir qatorda sun’iy
jihozlar, sovutgichlar
(kondistionerlar) ham havoni salqinlatishga xizmat qiladi. Lekin ularni ishlatish faqat
tabiiy havoni salqinlatish usullariga yordamchi bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun
O‘zbekiston sharoitida sun’iy usullar ishlatiladimi yoki yo‘qmi uylarni loyihalashda
asosan tabiiy salqinlatish usullari, qonun- qoidalari qo‘llanilishi shart.
O‘zbekistonning ba’zi tuman va viloyatlari yuqori zilzilaga moyil hisoblanib (9
ballgacha ), yer qimirlashiga qarshi chora-tadbirlarni inobatga olgan holda qurilishda
ba’zi cheklovlar bo‘lib, loyihalarning konstruktiv-tarxiy yechimlariga o‘zgartirishlar
kiritilishi talab etiladi. Shuning uchun O‘zbekiston
hududida yer qimirlashining
seysmik haritasi ishlab chiqilgan. Bu haritada har bir tuman va viloyatning necha
balli qismga kirishi ko‘rsatilgan. O‘zbekistonning tabiiy iqlim sharoitini, yer
qimirlashini hisobga olib, turar uy-joy binolarini loyihalash hamda qurish me’morlar
oldiga ancha qiyinchiliklar tug‘diradi, lekin me’morchilikda o‘ziga xos an’analarni
mujassamlashtirishga imkoniyat yaratadi.
Hudud relyefi
iqlim omillari singari, turar-joy binolari shakllanishida va qurilish
usullarini
tanlashda, faol ishtirok etadi. Arxitektura tarixi va zamonaviy amaliyotda
bu ko‘p bora tasdiqlangan. Bu omilni chuqurroq bir muncha keyinroq o‘rganamiz,
hozirda eng asosiylarini ta’kidlab o‘tamiz: hududning yengil qiyaligi, qoida bo‘yicha,
uy arxitekturasida sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi, o‘ynamaydi va turar-joy qurilishining
ixtiyoriy rejasi ko‘zda tutiladi, lekin qiyalik burchagi 10-15
0
gacha oshganda birinchi
qavatni u yoki bu shaklda shakllantirishga to‘g‘ri keladi, 15-20
0
dan oshiq bo‘lgan
22
qiyaliklarda esa alohida turli binolarni qurish (masalan, terrasali) maqsadga
muvofiqdir.
Tog‘li va tog‘oldi hududlarida tikka qiyaliklarni o‘zlashtirish ko‘pincha nisbatan
tekis maydonlarning
taqchilligi sababli, juda qiyindir. Lekin, oddiy hududlarda ham
shunday zaruriyat tug‘iladi. Ayniqsa, bu o‘z hududiy zahirasini ishlatib bo‘lgan
shaharlar uchun harakterlidir, bu yerlarda turar-uylar noqulay bo‘lgan
joylarda
(jarliklar, tepaliklar, qirg‘oqli hududlar) qurila boshlaydi (1.6-rasm).
Qat’iy ifodali relyefga ega maydonlarda turar-uy binolarini qurishda hududni
tayyorlash va jihozlash bo‘yicha qo‘shimcha muhandislik tadbirlarni o‘tkazish,
xonadonlar insolyatsiyasi hisob-kitobida qiyalik yo‘nalishini hisobga olish,
binolarning mos turlarini va ularni qurish usullarini tanlash zarur. Turar-uy qurilishi
uchun shimolga qaragan qiyaliklar noqulay hisoblanadi, chunki bu holatda xonalar va
hudud insolyatsiyasi qiyinlashadi. Yana ta’kidlash lozimki,
turar-uyni loyihalashda,
yuqorida sanab o‘tilgan barcha tabiiy-iqlim omillarini kompleksli hisob-kitobi talab
qilinadi. Faqat shundagina, turar-uy juda qulay (komfortli) bo‘ladi.