38
tutilishi kerak. Ikki yorug‘lik karmonlari orasidagi masofa 24m.dan, yorug‘lik
karmoni bilan yo‘lak oxiridagi (torestdagi) yorug‘lik tuynugi orasidagi masofa 30m
dan oshmasligi kerak. Yorug‘lik karmonining kengligi (eni) uning chuqurligini
yarmidan kam bo‘lmasligi kerak (yondosh yo‘lak kengligi hisobisiz). Yorug‘lik
karmoni xizmatini o‘tashi mumkin bo‘lgan zinapoya bo‘lmasi orqali, uning ikki
tomonida joylashgan yo‘laklarni 12m.gacha yoritish mumkin.
Devorlarning qalinligi xonadonni qishda sovuqdan yozda esa issiqdan, shu bilan
birga ko‘cha shovqini va changidan saqlashi kerak. Bulardan tashqari ichki va
tashqari devorlar tovush o‘tkazmaslik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak.
Maqbul sanitar-gigiyenik sharoitni yaratishda muhandislik jihozlaridan
foydaniladi. Xonadonlarda umumiy isitish, sovuq va issiq suv bilan ta’minlash,
kanalizatsiya, sun’iy shamollatish va boshqa muammolar hal etilgan bo‘lishi lozim.
Eng kerakli sanitar-gigiyenik talablardan biri O‘rto-Osiyo sharoitida xonani
quyoshdan asraydigan qurilmalardan foydalanish lozim.
Turar-joy xonalarining soniga qarab kam xonali (1-2 ta Turar-joy xonalari),
o‘rtacha (3-4 ta Turar-joy xonalari) va ko‘p xonali (5 va undan ortiq xonalar)
xonadonlardan, Turar-joy xonalari maydonining o‘lchamiga qarab kam maydonli va
mukammal xonadonlardan iborat bo‘ladi (3.2-rasm) Tarhiy tuzilishiga qarab
xonadonlar 1 yoki 2 sathda joylashishi mumkin (3.3-rasm).
Turar-joy xonalari tarkibiga: mehmonxona, umumiy xona, ish xona, katta
yoshdagilar uchun yotoqxona va yosh bolalarning uxlashi, o‘ynashi uchun xonalar
kiradi.
Yordamchi xonalarga: dahliz, oshxona, hojatxona, qo‘l yuvadigan joy,
yo‘laklar, qaznokxonalar, tokchalar, taxmonlar kiradi. Ikki qavatga joylashgan
xonadonlarda ichki zinapoyalar ishlatiladi. O‘zbekiston sharoitida har bir xonadon
o‘zining yozgi ayvoniga ega bo‘lishi kerak, yozning issiq kunlarida ayvon vazifasini
o‘tashi mumkin. Har bir xona o‘z vazifasiga ko‘ra ya’ni o‘lchovi, proporstiyasi,
funksional o‘zaro bog‘lanishi, yorug‘ligi, oriyentatsiyasi, jihozlari bo‘yicha talablarga
javob berishi kerak.