• 3.1-jadval Oddiy sinf qulaylikli xonadonlar tarkibi va maydoni
  • -rasm. Xonadon xonalarining tarkibi




    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/128
    Sana26.01.2024
    Hajmi18,93 Mb.
    #146151
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   128
    Bog'liq
    Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

    3.1-rasm. Xonadon xonalarining tarkibi: A-yotoqxonalar: 1-ota-onalar uchun; 
    2-bolalar uchun; 3-kattalar uchun; V-umumiy xona: 4-yemakxona; 5-mehmonxona; 
    S-ishchi xona; D-yozgi turar xona; E-yozgi ro‘zg‘orxona; 6-dahliz; 7-oshxona;
    8-xojatxona; 9-hammom; 10-yo‘lak; 11-xujra; 12-qaznoqxona. 
    Yaxshi sanitar-gigiyenik sharoitni yaratish uchun har bir oila a’zosi yetarli 
    miqdorda maydon bilan ta’minlaniladi, bu kamida 9 m.kv. hajmida. (kamida 25 m. 
    kub.) bo‘ladi. Xonalar va yordamchi xonalarning balandligi janubiy hududlarda 2,7 
    m.dan kam bo‘lmasligi kerak. Sanitar - gigiyenik sharoitini yaxshilash maqsadida 
    kelajakda Turar-joy maydoni me’yori (normasi) bitta odamga 12-15 m.kv.ni tashkil 
    etishi kerak. Bitta odam uchun xonadonda xonani maydoni 14m
    2
    dan, 2 odam uchun 
    18m
    2
    dan kam bo‘lmasligi kerak (3.1-jadval). 


    35 
    3.1-jadval
    Oddiy sinf qulaylikli xonadonlar tarkibi va maydoni 
    Xonadonlar 
    turi 
    Oila tarkibi, odam 
    Xonadon maydoni *) 
    (yozgi xonalarsiz), m
    2
    Shu jumladan yashash 
    maydoni m
    2
    1-xonali 

    28-30 
    14-16 
    1 -xonali 

    32-36 
    18-20 
    2-xonali 

    48 
    30 
    3-xonali 

    64 
    40 
    4-xonali 

    80 
    53 
    5-xonaai 

    96 
    66 
    6-xonali 
    7(8) 
    114 
    78 
    *Xonadonlarning normalanadigan maydoni (yozgi xonalarsiz va sovuq kladovkalarsiz) 
    yashaladigan va yordamchi xonalarni o‘z ichiga oladi. 
    Izoh: 1. Jadvalda berilgan raqamlar, shahar va qishloq joylardagi «ijtimoiy» xonadonli 
    turar-joylarning barcha turlariga taalluqlidir. Xonadonlar maydoni 1 yashovchiga yashash 
    maydon 16 m' bo‘lgan ijtimoiy me’yor hisobidan keltirilgan (1 odamga 1 xonalidan 
    tashqari). 
    2. Aniq shaharsozlik sharoitlarida xonadonlarining tarkibi va maydon 
    ko‘rsatkichlari, ijtimoiy-iqtisodiy holatini ijtimoiy (munisipal) turar-joyga ko‘chib-kirishga 
    da’vogarlik qilayotgan aholi tarkibining demografik xususiyatlari, qurilishni resurs bilan 
    ta’minlanganligini hisobga olgan holda loyihalash topshirig‘i bilan 3-ilovadan tashkil 
    topgan murakkab oilalar uchun xonalar tarkibi va maydonlari belgilanadi (qariyalar va 
    kreslo-aravachalarda nogironlar ehtiyojlarini hisobga olgan holda). 
    ShNK 2.08.01-05 “Turar-joy binolari” 12b. 1-jadval. 
    Fuqarolar yoki tashkilotlar shaxsiy mablag‘lari hisobiga quriladigan, nodavlat 
    turar-joy fondining turar-joy uylari, oddiy, yaxshilangan va yuqori qulaylikli 
    kvartiralarni o‘z ichiga olishi mumkin. Qulayligi yaxshi kvartiralar bitta yashovchiga 
    umumiy maydon 23m
    2
    dan kam bo‘lmasligi, yuqori qulaylikda esa 1 kishiga 30m
    2
    dan kam bo‘lmasligi va oilani har bir a’zosiga alohida xona bilan ta’minlashni 
    hisobga olgan holda loyihalashtiriladi (3.2-jadval). 
    Yashash xonalari, oshxonalar, oqovalashtirilmagan xojatxonalar, zinapoya 
    bo‘linmalari (xonadon ichidagidan tashqari), yo‘lakli turdagi binolarda umumiy 
    yo‘laklar, vestibyullar hamda xonalari tabiiy yoritilgan bo‘lishi kerak. 

    Download 18,93 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   128




    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish