52
3.10-rasm. Oshxona qismining jihozlanish qoidalari: b-oshxonadagi jihozlarning
o‘lchamlmri; v-oshxonalarning turlari: 1-oshxona-taxmon; 2- ishchi oshxona;
3,4- oshxona-yemakxonasi bilan; g-oshxonada jihozlarning joylashish sxemasi: 1-bir
qatorli; 2-burchakli; 3-ikki qatorli: 4-P-shaklda (oshxona maydoni 9 m):
d-oshxonada eng kam o‘tish yo‘li o‘lchami.
53
O‘zbekiston sharoitida oshxonalar yozgi xonalar ya’ni ayvonlar bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri bog‘lanishi va alohida shamollatish yo‘liga ega bo‘lishi kerak. Bizda yashash
xonalari bilan oshxonani to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lab bo‘lmaydi, chunki bizning milliy
taomlar tayyorlash uchun, albatta paxta yog‘i yaxshilab qizdiriladi va bunda juda
ko‘p tutun va hid paydo bo‘ladi. Bu tutun va hidlarni boshqa xonalarga kirishidan
saqlash kerak.
Qayta tiklash sharoitida 1 xonali xonadonlar uchun oshxonalar va oshxona-
taxmonlarni 5m
2
qilib loyihalash mumkin. Oshxona maydoni, qoida tarzida 8m
2
dan
kam bo‘lmasligi kerak. Xonalarning soni oshib borgani sari oshxona maydoni
ham ortib boradi va 10 m
2
ga etadi. Oshxonaning kengligi jihozlar bir tomonlama
joylashtirilgan bo‘lsa 1.8 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Oshxona - yemakxonaning
kengligi 2,4 metrdan va jihozlar ikki taraflama yoki burchakli qilib joylashtirilgan
bo‘lsa, uning kengligi 2,5 metrdan kam bo‘lmasligi shart.
Sanitar-gigiyenik xonalar. Birlashtirilgan sanitariya-gigiyena bo‘limi faqat 1
xonali xonadonlar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi va ikki qavatli uylarda alohida
hojatxonasi bor uylarga, mehmonxonalarda va dam olish uylarida ruxsat etiladi, 2 va
undan ortiq xonali xonadonlarda esa obrezxona bo‘limlari alohida xonalarga
joylashtiriladi (3.11-rasm).
Vannaxonalar faqat yuvinishgagina emas, balki kir yuvishga ham mo‘ljallangan
bo‘ladi. Shuning uchun bu yerga vannadan tashqari qo‘l yuvish jihozi (rakovina)
ham o‘rnatiladi. Vannaxonada kir yuvadigan mashina, kiyim va sochiq iladigan jihoz,
oyna va iflos kiyimlar uchun quti joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Bu jihozlarni
joylashtirish uchun vannaxona ma’lum bir sathdagi maydonga ega bo‘lishi kerak.
Vannalarning hajmlari 1,55x0,75 dan 1,8x0,8 metrgacha bo‘ladi. O‘tirib yuvinadigan
vannaning hajmi 1,2x0,8 metrni, qo‘l yuvadigan jihoz 0,55x0,45 metrni tashkil etadi
(3.12-rasm).
Vannaxona katta namlik xonasi hisoblanadi va shuning uchun uning poli,
devorlari yuqori qismlarida namlikka chidamli materiallardan foydalanish kerak.
Pollariga keramik qurilish materiallaridan devorlari uchun glazur plitkalardan
qoplash kerak.
|