• IV BOB. LIFTSIZ TURAR-JOY BINOLARI 4.1. Liftsiz Turar-joy binolarining tasnifi
  • Toshkent arxitektura qurilish instituti




    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/128
    Sana26.01.2024
    Hajmi18,93 Mb.
    #146151
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   128
    Bog'liq
    Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    3.18-rasm. Ko‘p qavatli Turar-joy binolarida 
    ishlatiladigan liftlar: 
    A – 400 kg, 630 kg, 320 kg, 500 kg yuk 
    ko‘taruvchi yo‘lovchi liftlar;
    B – lift shaxtasi bo‘yicha qirqim. 
    Chiqindi 1-qavat yoki yer osti qavatiga joylashgan qabul qilish kamerasiga 
    tashlanadi, u yerdan esa maxsus mashinalar orqali olib ketiladi. Chiqindi 
    o‘tkazgichlarni kabinalar bilan o‘rash man qilinadi, chunki bu holatda ularni 
    ishlatishni kuzatish qiyin bo‘lib qoladi. Galereyali uylarda chiqindi o‘tkazgichlarni 
    o‘rnatish tavsiya qilinmaydi, chunki qishning sovuq paytida ular yaxlab tiqilib qolishi 
    mumkin.


    70 
    IV BOB. LIFTSIZ TURAR-JOY BINOLARI 
    4.1. Liftsiz Turar-joy binolarining tasnifi 
    Liftsiz Turar-joy binolari o‘zining tipologik xususiyatidan kelib chiqib ikki 
    guruhga bo‘linadi va o‘zining hajmiy- tarhiy jihatidan bir-biridan farqlanadi. Buni 
    liftsiz turar uylarning tipologik sxemasida ko‘ramiz (4.1-rasm).
     
    4.1-rasm. Liftsiz uylarning tipologik sxemasi. 
    Birinchi guruhga hudud bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan xonadonli turar uylar 
    kiradi. Bunday uylarning har bir xonadoni o‘z yer maydoniga ega bo‘lishi mumkin. 
    Uylar qavatlari kamroq, qoida bo‘yicha, bir, ikki qavatli bo‘ladi. Ayrim hollarda, bu 
    guruh uylari ko‘p qavatli ham bo‘ladi (uch va xatto to‘rt qavatli). 


    71 
    Ommaviy qurilishning zamonaviy amaliyotida hudud bilan bevosita aloqaga ega 
    xonadonli uylarning ikki turidan foydalaniladi. Bu bir xonadonli (yakka tartibdagi 
    uylar) va ikki xonadonli turar uylar, hovlisi bilan va qo‘shimcha xo‘jalik 
    qurilmalariga ega bo‘lib, bularni hovlili uylar deb nomlanadi, hamda ko‘p xonadonli, 
    blokli uylar, bu bloklarning har biri tashqariga chiqishiga ega bo‘lib, turli xonali 
    xonadonlardan tashkil topgan. Blokli uylarni qurishda har bir xonadon o‘z yer 
    maydoniga ega bo‘lishi imkoniyati mavjud bo‘ladi (4.2 A, B -rasm). O‘zbekiston 
    Turar-joylar strukturasida hovli asosiy element ekanligi yaqqol ko‘rinib turadi, buni 
    hattoki “qo‘rg‘oncha uy” o‘rniga “hovli” so‘zining qo‘llanilishidan bunday turdagi 
    uylar hovlili turar-joy deb yuritiladi. 
    Liftsiz uylarning boshqa guruhiga umumiy kommunikatsiya – zinapoya
    galereya va yo‘laklar orqali xonadonlardan chiqish yo‘liga ega, ko‘p xonadonli turar 
    uylar kiradi. Ular shaxsiy (individual) xonadon oldi yer uchastkasiga ega emas. 
    Ularda yashovchi aholining dam olishi va xo‘jalik ehtiyojlari uchun, bu uylarda 
    umumiy foydalanishga mo‘ljallangan yashil maydonchalar va maxsus: xo‘jalik, sport 
    va o‘yin maydonchalari ko‘zda tutiladi (4.2 II -rasm).
    Bu guruhga kiruvchi turar-joy binolari o‘rta qavatdan iborat bo‘lib, 3 - 5 
    qavatdan tashkil topadi. O‘rta qavatli Turar-joy binolari o‘zining hajmiy-tarhiy 
    yechimiga ko‘ra seksiyali, galereyali va yo‘lakli, bir seksiyali va aralash xildagi 
    uylar (seksiya-galereyali, seksiya yo‘lakli) turlariga bo‘linadi. Bizning iqlim 
    sharoitda Turar-joy binolarini loyihalashda asosiy e’tiborni yozgi mavsumga qaratish, 
    ulardan foydalanishda tashqi sirtlarning qizib ketishidan himoyalash va xonalar 
    ichida ijobiy mikroiqlimni yaratish taqozo etiladi. 


    72 

    Download 18,93 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   128




    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish