Toshkent arxitektura qurilish instituti




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/128
Sana26.01.2024
Hajmi18,93 Mb.
#146151
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
3.14-rasm. Xonadon ichidagi zinapoya turlari: 
A - bir marshli zinapoyalar; B – zinapoya ostidagi eng kam o‘tish joyining 
balandligi; V – ikki marshli zinapoyalar. 
 


61 
Umumiy foydalanadigan zinapoyalar turar uy - joyining tashqi muhit bilan 
qulay va yaxshi bog‘lanishi uchun xizmat qiladi. Zinapoyalar yopiq (zina tugunining 
ichida) oynavand derazalar bilan butunlay o‘ralgan yoki yarim ochiq zinapoya va 
ochiq o‘ralmagan bo‘lishi mumkin.
Ochiq zinapoyalar shu joylashgan xona orqali yoritilsa, yopiq zinapoyalar uchun 
alohida derazalar o‘rnatilishi kerak. Yorug‘lik tushadigan darchalarning o‘lchami yer 
o‘lchamining 1/15 qismiga to‘g‘ri kelishi kerak va ochiladigan derazalar bilan 
ta’minlanishi kerak. Zinapoya tuguni va xonadonlarga kiradigan eshiklar yopiq holda 
ya’ni oynasiz va oyna (framuga) zich holda yopilgan bo‘lish kerak. Zinapoyalarning 
ostki qismidan unumli foydalanish uchun uning tagiga hojatxona, shkaf yoki har xil 
narsalarni saqlaydigan javonlar joylashtirilishi mumkin. 
Qurilish va loyihalash normalari bo‘yicha shimol va o‘rta iqlim zonalarida faqat 
yopiq holatdagi zinapoyalar ishlatilishi mumkin, lekin amaliyot shuni ko‘rsatadiki, 
bunday zinapoyalar ishlatilgan uylarning dahlizlari qish paytida juda sovib ketishi 
kuzatildi, shuning uchun kirish eshiklari 2 qavatli qilib yoki dahliz oldiga kichkina 
dahliz (shlyuz) qurilishi kerak. Shuning uchun janubiy hududlarda isitadigan va 
yopiq zinapoyalar ishlatilishi kerak. Ochiq, umumiy bo‘lgan zinapoyalar faqat 2 
qavatli uylar uchun, ko‘p qavatli uylarda esa evakuatsiya qilish uchun mo‘ljallangan 
bo‘ladi. Tarhiy tuzilmasi bo‘yicha zinapoyalar bir marshli, ikki marshli, uch va to‘rt 
marshli bo‘ladi. Zinapoyalardagi zinalarning soni 18 tadan oshmasligi kerak. 
Marshlarning qiyaligi nisbati 1:1,75 dan 1:2 gacha olinadi. 1:2 nisbat ko‘proq 
amaliyotda ishlatiladi, chunki bunday zinapoyalardan ko‘tarilish va tushish ancha 
qulay, bunda zinapoyalarning o‘lchami 30 va 15 santimetrni tashkil etadi. 
O‘zbekiston iqlim sharoitida, issiq yoz paytida zinapoyalardan ko‘tarilish ancha qiyin 
bo‘lganligi tufayli o‘rta va baland qavatli uylar uchun zinapoyalar nisbati 1:2 qilib 
olinadi, qavatlarning balandligi 3 metr bo‘lganda 20 ta zinacha (18 ta zinacha +2 
zinapoya maydonchasi) kerak. Demak, bir marshli zinapoyalar gorizontal holatda 
18x0,3=5,4 metrni, ikki marshli zinapoya 9x0,3=2,7 va uch marshli zinapoya
6x0,3=1,8 metrni tashkil etadi. Marshning eng kichik kengligi 1.05 metr qilib qabul 
qilingan. Ikki marsh orasidagi masofa 30 sm dan kam bo‘lmasligi kerak.


62 
Zinapoya tugunining ichki o‘lchami marsh va maydonchaning o‘lchami, ya’ni 
qavatlardagi va kvadratlar orasidagi yig‘indidan iborat. Qavatlar orasidagi 
maydonchaning kengligi marshning kengligidan kichik bo‘lmasligi, qavatlardagi esa 
15-20 sm dan kengroq bo‘lishi kerak. Andozali (tipovoy) qurilma elementlarining 
sonini kamaytirish maqsadida hamma maydonchalar kengligi bir xil qilib (qavatdagi 
kenglik 4,2 m) olinadi (3.15-rasm).

Download 18,93 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   128




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish