Ko‘p qavatli turar-joy binolarining zinapoya-lift tugunlari




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/128
Sana26.01.2024
Hajmi18,93 Mb.
#146151
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
3.5 Ko‘p qavatli turar-joy binolarining zinapoya-lift tugunlari 
Ko‘p qavatli turar-joy uylarida zinapoya tugunlari tutun qamalib qolmaydigan 
bo‘lishi kerak. Hozirgi paytda ko‘p qavatli uylarni qurish zaruriyatga aylanib qoldi. 
Bu binolarda yerning o‘rnini almashtirish uchun ochiq yozgi xonalardan 
foydalanilmoqda, shunday qilib, bu uylar ichkarisida qulayliklar barpo qilinmoqda. 
Ko‘p qavatli binolarning kamchiliklarini kamaytirishga vertikal holda va yer 
qimirlashiga yetarli qarshilik ko‘rsatadigan qurilmalarni ishlatilish orqali 
erishilmoqda, bundan tashqari toza havo almashtirishni tezlatish, shahar shovqinini 
yuqori qavatlarga kamroq eshitilishi, bu uylarni yashashga qulayroq qilib 
moslashtiradi
Ko‘p qavatli turar-uy tarhiy tuzilmasida zinapoya lift tuguni katta ahamiyatga 
ega. U vertikal va gorizontal kommunikatsiyalar tizimida funksional muhim bo‘g‘in 
bo‘lib, insonlarning avariya holatida evakuatsiyasini ta’minlaydi. 
Turar uylarda vestibyul va qavatlardagi xollar yechimi yong‘inga qarshi talablar 
bilan uzviy bog‘liq. Hozirgi kunda, yong‘in vaqtida ko‘p qavatli turar-uy 
yashovchilarini tez va xavfsiz evakuatsiyasini ta’minlovchi qoidalar o‘rnatilgan. Ko‘p 
qavatli turar-joyning zinapoya-lift tuguni quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak: 
zinapoya, lift, birinchi qavatda-vestibyul va chiqindi yig‘ish joyi, boshqa qavatlarda 
esa eshiklar bilan ajratilgan lift xollari, bu eshiklardan xonadonlarga kirish mumkin 
bo‘lgan yo‘laklarga, tutun yig‘ilmaydigan (yoki oddiy) zinapoyaga, hamda chiqindi 
yig‘ish joyiga o‘tish mumkin (3.16-rasm).


66 
To‘qqiz qavatgacha bo‘lgan seksiyali turar-uylarda yong‘inga qarshi chora-
tadbirlarni qo‘llash talab qilinmaydi. Xonadonlar bir zinapoyaga (oddiy) chiqish 
joyidan va seksiyadan seksiyaga o‘tuvchi balkonlardan iborat bo‘lishi yoki 
ko‘ndalang yon tomonli seksiyalarda tashqi zinapoyalar bo‘lishi kerak. 
To‘qqiz qavatdan yuqori bo‘lgan turar-joylarda zinapoya-lift tuguni ahamiyati 
oshadi va zinapoya katagi tuzilmasi o‘zgaradi. Yong‘inga qarshi me’yorlar tutunga 
to‘lmaydigan uch turli zinapoya tugunlarini ko‘zda tutadi, turar-uylarda esa ulardan 
faqat ikkitasi ishlatiladi.

Download 18,93 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   128




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ko‘p qavatli turar-joy binolarining zinapoya-lift tugunlari

Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish