65
Xavfsizlik zonasi-oynalar bilan to‘silgan oraliq tuynuk va yozgi xonaning yon
tomoni orasidagi yalpi devor (tuynuksiz devor) ko‘rinishida bo‘lib, yong‘in paytida
odamlar shu joyga kelishlari kerak.
Asosiy zinapoya tuguni tom yopmasi usti (krovlya)ga eltadigan avariya tuynugi
va narvonini hisobga olgan holda loyihalashtiriladi. Ikki yoki undan ortiq sathlarga
ega bo‘lgan xonadonlardagi zinapoyalarni xonadon ichidagi dahlizga yoki yo’lakka
joylashtirish tavsiya etiladi, shuningdek, bunday zinapoyalarni umumiy xonaga
o‘rnatishga ham ruxsat beriladi.