-rasm. Yuqori komfortli Turar-joy binosi. Arxitektor R.Saharova




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/128
Sana26.01.2024
Hajmi18,93 Mb.
#146151
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

4.11-rasm. Yuqori komfortli Turar-joy binosi. Arxitektor R.Saharova. 
A- birinchi qavat tarhi; B- ikkinchi qavat tarhi; V- stokol qavat tarhi. 
Ikki xonadonli uylarning tarhiy yechimi prinsipi bir xonadonli uylarga 
o‘xshashdir. Ular bir va ikki qavatli ham bo‘lishi mumkin. Bu uylarning farqli 
xususiyati – bu har bir xonadonda (ular orasidagi umumiy) bir devorning yaxlit 
bo‘lishidir. Ikki xonadonli uylarda ikkala xonadon sanitar bo‘g‘inlari va oshxonalarni 
blokirovkalashga intilish lozim. 


84 
Blokli uylar. Bu xildagi turar - uy joylardan shahar mahallalarida (kichik 
tumanlarda) foydalanilib, ko‘p oilalilarga mo‘ljallangan. Bir qavatli blokli uylar 
asosan qishloq joylarida va tuman markazlarida foydalanilgan, hozirda esa o‘z 
samaradorligini yo‘qotgan. Hozirgi paytda qishloq joylarida yashovchi oilalar 
tomorqadan unumli foydalanilmayotgani tufayli blokli uylar 2 qavatli qilib 
qurilmoqda. Har bir xonadon uchun 50-100 m
2
tomorqa ajratilgan, yozning iliq 
kunlarida o‘z vaqtlarini o‘tkazish uchun tomorqa gulzorlar, yozgi soyabonlar, 
hovuzcha, bolalar o‘ynashi uchun qum yashigi va hokazolardan iborat bo‘lishi 
mumkin (4.12-rasm).  
 
 
4.12-rasm. Qishloq uylarining tarhiy yechimi. 


85 
Hovlili binolarni qurishda asosan mahalliy, qimmat bo‘lmagan qurilish 
materiallaridan foydalanish kerak: xom g‘isht, pishgan g‘isht, taxta, ganch, alebastr 
va hokazolar. Ammo qishloq qurilishini industrial va mexanizatsiya usuli bilan tez 
qurish uchun zavodda tayyor bo‘ladigan elementlar: bloklar, panellar, temir-beton 
yopqichlar va boshqalarga o‘tishga to‘g‘ri keldi va bular hovlili uylarning loyihalari 
harakteriga ta’sir qildi. Shuning uchun zavodda tayyor bo‘ladigan elementlarning 
o‘lchoviga qarab loyihalash paytida bino o‘lchovlari shu elementlar o‘lchoviga qarab 
olinadi. Ammo mahalliy qurilish materiallari hali ham o‘z qiymatini yo‘qotgani yo‘q 
va shuning uchun me’mor oldiga ularni zavodda tayyor bo‘ladigan qurilish 
materiallari bilan aralashtirib ishlatish vazifasi qo‘yiladi.

Download 18,93 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   128




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Yuqori komfortli Turar-joy binosi. Arxitektor R.Saharova

Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish