77
4.6-rasm. Uch xonali bir qavatli uyning hajmiy-tarhiy tuzilmasi:
1-umumiy xona; 2-yotoqxonalar; 3-xo‘jalik hududi; 4- sanitar tugunlari.
Ikki qavatli uylar. Umumiy maydoni 90m
2
dan ko‘p bo‘lgan
bir xonadonli
uylarni ikki qavatli qilib loyihalash maqsadga muvofiqdir. Bunday uylar kottej tipli
uylar deb nomlanadi. Birinchi qavatda odatda tamburli kirish yo‘lagi, umumiy xona,
yotoqxonalardan biri, oshxona, xo‘jalik xonalari joylashadi.
78
Ikkinchi qavatda odatda yotoqxonalar joylashadi.
Yotoqxonalar soniga qarab,
ikkinchi qavat qisman yoki to‘liq band qilingan bo‘lishi mumkin. Ikki qavatli(sathli)
uylarning bir necha turlari mavjud: mansardli uy, ya’ni 2-qavati to‘liq emas, pol sathi
qo‘zg‘aluvchi uy, bunda uyning bir qismi bir qavatli bo‘ladi (4.7, 4.8-rasmlar).
4.7-rasm. Turar uylarning ikki sathli (qavatli) qilib yechish usuli:
a- mansardli uy; b-xonadonning bir qismi ikkinchi qavatda joylashgan (chordoqsiz
yoki chordog‘ bilan); c-xonadonning xamma qismi ikki qavatda joylashgan
(chordoqsiz yoki chordog‘i bilan); d-qiyalikda joylashgan uy; e-mansardli uyning
qirqim qismidan fragment.
79
4.8-rasm. Har xil sathli besh xonali turar-joy xonadoni.
Mansardli uyda yuqori qavat xonalari chordoq chegarasida joylashadi. Tom
nishabi 45º dan kam bo‘lmasligi kerak. Tom nishabining
burchagi bundan kam
bo‘lsa, mansardli qavatni o‘rnatish mumkin emas. Chordoqdan to‘liq foydalanish
uchun, yuqori qavat xonalari shifti kesilgan burchakli bo‘ladi.
Kesilgan qismlar
devorlari balandligi 1,6 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
80
Murakkab shaklli tomni o‘rnatishda, nishablar kesikli bo‘lganda, cherdak
fazosidan to‘liq foydalaniladi – shiftlar gorizontal bo‘lib, devorlar bir balandlikka ega
bo‘ladi (4.9-rasm).