81
sathini, poydevor va stokol hamda uy hajmining ikki marta qisqarishiga olib keladi va
shu bilan ularning narxi arzonroq bo‘lishiga sabab bo‘ladi (4.10-rasm).
4.10-rasm. Besh xonali ikkinchi qavati to‘liq bo‘lmagan ikki qavatli uy.
2-qavat tarhi (chapdan), 1-qavat tarhi (o‘ngdan).
2 qavatli Turar-joy uylari tomorqali
uylardan tubdan farq qilmaydi, farqi
shundaki, bu uylarda faqat 2 qarama - qarshi tomonga yorug‘lik (tomorqali uylarda
esa 3-4 tomoni ochiq yorug‘likni xohlagan tomondan) berish mumkin. Xonadonga
kirish asosan ko‘cha tomondan tashkil etilgan bo‘lib, yo‘lak bilan umumiy xona va
oshxonadan hovliga chiqishga qulay sharoit yaratilgan bo‘lishi kerak.
Yozgi xona
/ayvon/ asosan hovli tomonga joylashgan bo‘lib, umumiy xona va oshxona bilan
chambarchas bog‘langan bo‘lishi shart.
82
Bu uylar ko‘cha tomondan "qizil chiziqdan" 6 metr masofa tashlab quriladi. Uy
oldiga panjarali gulxona, kirish va chiqish uchun darvoza yoki eshik o‘rnatiladi.
Tomorqaning orqa tomoni esa tor xo‘jalik ko‘chasiga qaratilgan bo‘lib, uning xo‘jalik
xonalari shu tomonda joylashtirilgan bo‘ladi.
Uy atrofiga gulzorlar,
hovuzlar, yozgi oshxona, soyabonlar va daraxtlar
o‘tkaziladi. Undan qolgan yer sathi sabzavotlar va mevali daraxtlar, uzumzorlar
uchun ishlatiladi. Garaj uchun ham qulay joy tanlash zarur. U uy ichida ham bo‘lishi
mumkin. Uylarni qulay joylashtirish uchun ularni birlashtirish, ya’ni bitta tom tagida
joylashtirish mumkin.
Kam qavatli uylarni har tomondan yorug‘likka ega bo‘lishi (oriyentatsiyasi)
ko‘p qavatli binolarga qaraganda uncha
katta ahamiyatga ega emas, chunki past
qavatli binoni daraxt va butalar bilan o‘rab ularni quyoshdan saqlash mumkin.
Shuning uchun binoni g‘arbga qarab qurish mumkin. Bunday uylarda faqat
yotoqxonalarni shimol tomonga qaratishdan saqlanish lozim, u yerda yaxshi sanitar-
gigiyena sharoitini yaratish lozim. Vannaxona va hojatxonalarni tabiiy yoritish
tavsiya etiladi, chunki bunday
binolarda bunga imkoniyat bor (4.11-rasm). Kir
yuvish asosan vannaxonada bajariladi. Vannaxonaning 2-qavatda joylashishi
noqulaylik tug‘diradi. Shuning uchun eng qulayi oshxona yoniga maxsus kir
yuvadigan xonaga kir yuvish mashinasi, suv ketadigan joy, dazmollash va kiyimlarni
taxlaydigan joy, quritish shkafini joylashtirishdir.
Ikki xonadonli (juft) uy bir umumiy devorga ega bo‘lgan ikkita bir xonadonli
xonadonlar birlashuvidir. Bunda ikki xonadonli uy tashqi devorlari perimetri har bir
xonadon uchun kichik bo‘ladi, bu tashqi devorlar uchun materiallarni va isitish uchun
harajatlarni
kamaytirib, iqtisodga olib keladi. Bundan tashqari, ikki xonadonli
uylarni qurish yer maydoni kengligini kamaytirishga imkon beradi, bu o‘z navbatida,
ko‘chalar va barcha kommunikatsiyalarning umumiy uzunligini qisqartiradi.
Natijada, bir xonadonga to‘g‘ri keluvchi, ko‘chalar
va muhandislik
kommunikatsiyalari, xuddi shunday maydonli bir xonadonli uylar qurilishi bilan
taqqoslaganda, taxminan 25-30% ga qisqartiradi.