100
4.22-rasm. Galereyali uylarning sxemasi:
I - chiziqli: a – to‘g‘ri to‘rtburchak-li; b – galereya seksiyali; v – qo‘zg‘aluvchan;
II – biriktirilgan: g – burchakli; d – krestsimon; e - uch bargli; j – singan;
III – fazoviy: z – qo‘shaloq uy; i – umumiy galereyali; k – ichki hovlisi bilan.
Galereyali turkumga nisbatan yo‘lakli turkum anchagina arzonga tushadi,
chunki bu turkumda yo‘lakning ikki tomoniga xonadon joylashtirish mumkin.
Korpusi kengayadi, kommunikatsiya tejamlashadi. O‘zbekiston sharoitida bu turkum
noqulay, chunki bunda xonadonlar bir tomonga qarab
qoladi hamda yelvizakli
shamollatish yo‘qoladi. O‘zbekiston iqlim sharoitiga to‘liq javob bera olmagani
uchun undan kam ko‘lamda foydalaniladi.
Yo’lakli turkum bir qavatli uylarda o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.
Shuning uchun
O‘zbekiston iqlim sharoitida bunday uylar tavsiya etilmaydi. Dahalar qurilishida bir
nechta tarhiy turkumlar tavsiya etiladi, lekin seksiyali, galereya turkumlardan ko‘proq
foydalaniladi, chunki bular demografik talablarga javob beradi hamda kam xonali va
ko‘p xonali xonadonlarni unumli hal qilish oson bo‘ladi (4.23-rasm).
101
Bundan tashqari aralash turkumdagi loyihalar qurilishda dahalarni har birini
o‘ziga xos, har xillik va go‘zal ansambllarni tashkil etadi (4.24-rasm).