89
4.13-rasm. Seksiyalar sxemasi.
Xonadonlarning sonini zinapoyani 4-katagiga nisbatan ko‘paytirish,
vertikal
kommunikatsiyalarni narxini kamaytirishga intilishdan kelib chiqadi, ko‘p
xonali
seksiyalar urushdan keyingi yillarda juda ko‘p tarqalgan bo‘lib, turar uy-joy krizisi
davrida ko‘p xonali xonadonlarning qurilishiga olib keldi.
Asosiy tiplaridan biri, 2
xonali xonadonlardir. Eng ko‘p tarqalgani esa 1 xonali xonadonlar bo‘ladi. Natijada
asosan seksiyalar uch xonadonlik (2-2-2 va 2-1-2) va to‘rt xonadonli (2-2-2-2, 1-1-2-
2) bo‘lib shakllandi.
Tajriba shuni ko‘rsatdiki, 2 xonadonli seksiyalarda yelvizak qilib shamollatish
talablari butunlay qoniqtiriladi va quyoshga qaratib joylanishida
gorizontni ikki
qarama-qarshi tarafiga joylashadi, uch xonadonli seksiyalarda esa faqat 2
xonadongina qoniqarli yechilgan bo‘lsa, uchinchi xonadon
esa bir tarafga qarab
qoladi va yelvizak qilib shamollatib bo‘lmaydigan bo‘lib qoladi. To‘rt xonadonli
seksiyalarda esa hamma xonadonning yechimi qoniqarsiz bo‘lib qoladi.
Shunday
qilib to‘rt xonadonli seksiyalar O‘zbekiston sharoitida qurilishga noqulay deb
hisoblansa, uch xonadonli seksiyalarni esa ayrim sharoitlardagina
qurishga ruxsat
etiladi. Eng yaxshi yechimga faqat ikki xonadonli seksiya egadir. Eng chekkadagi
uch xonadonli seksiyalarda ikki xonadon burchakli shamollatish
va oriyentatsiya
91
Turar uy-joylar bir seksiyali bo‘lsa ularga to‘rtta xonadonni joylashtirish mumkin,
chunki ularning har biri burchakli shamollatish imkoniyatiga egadir, shuning uchun bu
sistema mumkin bo‘lgan tarhiy yechimlarga olib keladi (4.15-rasm).