92
Bu eng oddiy usul bo‘lib, unda qatorli seksiyaning barcha asosiy elementlari –
zinapoyalar, sanitar bo‘g‘inlar, oshxonalar saqlanadi, bu industrial qurilishda muhim
ahamiyatga ega. Faqat qiyshiq devor bo‘ylab joylashgan turar-uy xonalari shakli
o‘zgaradi. Seksiyaning bu qismidagi tom yopma va to‘siq devorlar individual monolit
betonlarni qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
4.16-rasm. Burchakli seksiyalar:
a – chekka seksiyada qiyshiq burchak bilan; b – seksiyani o‘rta qismida burilish
bilan; v – seksiyaning ichki qismida qiyshiq joylashuv bilan; g – “Burchakli” seksiya
90 Sº li burilishda.
Burchakli seksiyalarni hosil qilishning ko‘rib chiqilgan usullari –
bu katta
burchak ostida burilgan qatorli seksiyalar transformatsiyasidir. Kichik burchaklarda
xonalarning juda katta qiyshayishi kuzatiladi va bunday usullar qo‘llanilmaydi. 90º
burchak ostida burilgan seksiyalar faqat burchakli seksiyalarga oid bo‘lib,
mutlaqo
93
boshqacha hajmiy-tarhiy yechimga ega. Bunday burilishda ichki burchakda zinapoya
joylashtiriladi.
Bunday
burilishda
ichki
burchakda
zinapoya
joylashtiriladi.
Bunda
xonadonlarga kirish zinapoya maydonchasidan, yoki ko‘pincha,
zinapoya tuguni
devoriga birlashuvchi maydonchadan iborat yo‘lakda joylashadi. Bunday seksiyalar
odatda uch yoki to‘rt xonadonli bo‘ladi. Uch xonadonli seksiyalar
chegaralanmagan
oriyentatsiyaga ega – ikkita xona ikki tomonli, biri esa – burchakli. To‘rt xonadonli
seksiyalar bir tomonli yorug‘lik frontidan iborat bo‘lgan xonadonlar hisobiga, qisman
chegaralangan oriyentatsiyaga (yo‘nalishga) ega. Liftsiz uylarni loyihalash va qurish
amaliyotida, ayrim hollarda, murakkab tarhdan iborat bo‘lgan
Turar-joylarni
yaratishda turli xil yo‘nalishga ega bo‘lgan seksiyalar qo‘llaniladi. Ular orasida
krestsimon, uch bargli va ixtiyoriy shakldagi seksiyalar uchraydi (4.17-rasm).