Toshkent arxitektura qurilish instituti




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/128
Sana26.01.2024
Hajmi18,93 Mb.
#146151
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
 
5.4-rasm. Murakkab shaklli Turar-joy binolarining tarhiy yechimlari. 
a,b -  Kyoln shahridagi (FRG) uyining umumiy ko‘rinishi va andozali tarhi; v – Serji-
Pentuaz shahridagi (Franstiya) uyining andozali tarhi; g –Brikston tumanidagi 
(London) uyining andozali tarhi 
 


112 
5.4. Galereyali va yo‘lakli uylar 
Galereyali turar-uylar tarhi va hajmiy qurilishi bo‘yicha yo‘lakli turar-uy turini 
qaytaradi. Farqi shunda-ki, xonadon tashqarisidagi kommunikatsiyalar, shuningdek 
zinapoya – lift bo‘g‘inlari ochiq bo‘ladi, demak, galereyali turar-uylardan yumshoq 
yoki issiq iqlimli joylarda foydalanish mumkin. Ikkala turdagi turar-uylar uchun eng 
maqsadga muvofiq konstruktiv usul – bu ko‘ndalang devorlar tizimidir. 
O‘zbekiston iqlim sharoitida turar-uylarda qulaylikning gigiyenik me’yorlariga 
rioya qilish zaruriyati (temperatura rejimi, shamollatish va boshqalar) ko‘p qavatli 
turar-uyni salbiy iqlim hodisalari ta’siridan saqlovchi tarhiy yechimning maxsus 
usullaridan foydalanishga olib keldi.
Ularga quyidagi turar-uy tarhiy yechim usullari kiradi: 
- terrasa va kommunikatsion galereyalar orqali shamollatish (galereya 
tuzilmali turar-uylar); 
- aeratsion hovlichalar, shaxta va chuqur peshayvonlar (lodjiya) orqali 
shamollatish (seksiya tuzilmali turar-uylar). 
Galereyalarni bir, ikki yoki uch qavat oralab joylashtirish mumkin, bunda bir 
konstruktiv qadam chegarasida, umumiy galereyadan kiriluvchi bir yoki ikki qavatli 
xonadonlar hosil bo‘ladi. Galereya sathida odatda umumiy xonalar va oshxona, 
galereya tagidagi va yuqorisidagi qavatlarda esa – yotoqxonalar joylashtiriladi. 
Oshxona, sanitar bo‘g‘inlar va xatto yotoqxonalarni galereya orqali yoritish mumkin, 
bu usul ko‘pincha ikki va bir sathli xonadonlarda qo‘llaniladi. Qavatlar bo‘yicha 
xonadonlarni birgalikda joylashtirishning asosiy usullari – bir tomonlama yoki ikki 
tomonlamali yo‘lakli uy sxemasini takrorlaydi, ular orasida farqlar ham bor, bu 
qurilishdagi iqlim sharoitlariga xos. Galereyalar faqat xonadonlarga kirish uchungina 
xizmat qilmasdan, tashqi muhit bilan aloqasi bo‘lganligi sababli, ular xonadonlar va 
uylarni faol shamollatishga ko‘mak beradilar. 
Turar-uylarni terrasa va kommunikatsion galereya orqali shamollatish galereya 
tuzilmali turar-uylarga xosdir. Galereyali turar-uylarning tarhiy yechimlari, janubiy 
hudud iqlim sharoitlariga to‘liq javob beradi.


113 
Ularning 
yo‘lakli 
turar-uylardan 
farqi 
shundaki, 
galereyali 
uylarda 
xonadonlarning tashqi muhit bilan uzviy bog‘liqligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Toshkent shahrida 16 qavatli eksperimental galereyali turar-uyda, yer bilan 
aloqasini yo‘qotgan uyni funksional tashkil qilish tadqiqoti o‘tkazilgan. Yo‘qolgan 
aloqani to‘ldirish uchun har 3 qavatda, uy markazida insonlar dam olishi va muloqot 
qilishi uchun maydonchalar-ko‘kalamzorlashtirilgan hovlichalar – barpo etilgan, ular 
tashqi muhit bilan ikkita uch qavatli teshiklar bilan bog‘langan. Har bir hovlicha 24 ta 
bir qavatli xonadonlarni birlashtiradi (qavatlarda 8 ta xonadon), yuqori qavatdagi 
xonadonlarga kirish, hovlichani yarim doira shaklida o‘rab turgan galereyalar orqali 
amalga oshiriladi. Oshxona va sanitar bo‘g‘inlar galereyalarga qaragan, ularni 
shamollatish hovlicha va tashqi muhitdagi temperaturalarning katta farqi sababli 
ta’minlanadi (hovlicha teshiklari yo‘nalishi shimol va janubga qaragan). Uyning yassi 
tomida bolalar uchun basseyn va solyariy qurilgan, statsionar tuproqda ekinlar 
ekilgan, soyabonlar hosil qilingan (5.5-rasm). 
Aeratsion hovlichalar, shaxta va peshayvonlar (lodjiya) orqali xonadonlarni 
shamollatish seksiya tuzilmali turar-uylarda qo‘llaniladi. Seksiya tuzilmali turar-uy 
xonadonlari ichkarisida havo harakatini kuchaytirish uchun, ichki hovlichalar 
ko‘rinishida kichikroq ochiq fazolar ko‘zda tutiladi, bularga oshxona derazasi, sanitar 
bo‘g‘inlar, zinapoya – lift xollari yoki shaxtalar chiqadi, ushbu xonalar tuynuklar va 
ventilyatsion teshiklar bilan bog‘langan bo‘ladi. Hovlicha yoki shaxtada havo 
sirkulyatsiyasi uchun, birinchi qavatda ularni tashqi muhit bilan bog‘lovchi teshiklar 
o‘rnatiladi.
Tonggi sovuq havo (og‘irroq) hovlichalarga (shaxtalar) cho‘kib, qayta 
ishlangan, kunduzi isigan havoni yerdan ko‘taradi, yuqoriga ko‘tarilayotganda, kun 
davomida xonadonlarda yig‘ilgan havoni o‘zi bilan olib chiqib ketadi. Shaxtaning 
gorizontal qirqimi uning balandligi bilan solishtirganda, qanchalik kichik bo‘lsa, havo 
harakati shunchalik faol bo‘ladi. 


114 

Download 18,93 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   128




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish