115
5.6-rasm. Ayvon orqali shamollatish ta’minlangan
seksiyali Turar-joy uyi.
A - ayvon orqali kirish joyidan iborat to‘rt xonadonli
seksiya. Arx. V. Dmitriev. b – xonadonlarlararo
ayvonga ega 2 sathli xonadonlardan iborat Turar-
joy seksiyasi.
Shamollatish hal bo‘ladi, bulardan tashqari xonadonlar ikki tarafga qaragan
bo‘ladi. Bu bilan oriyentatsiya masalasi ham hal bo‘ladi.
Bu xildagi uylarning
qurilishida hech qanday qarshilik yo‘q. Yo‘lakli uylarda xonadonlarni 3- qavatga
joylashtirish mumkin, bunda iqtisodiy tomondan ancha yutish mumkin.
Ammo bu
turkum faqat ko‘p xonali xonadonlar uchun qulaydir. Yo‘lakli uylarda xonadonni 2
qavatga joylashtirish ancha yo‘lakni qisqartirtirishga olib keladi.
Yo‘lakli turar-uylar iqtisodiy afzalliklarga ega, chunki
ularda katta masofada
joylashgan (80 m gacha) qimmatbaho liftlar va zinapoya kataklari xarajatlari
kamayadi. Yo‘lakli turar-uylarning konstruktiv asosi sifatida ko‘tarib turuvchi
tizim
xizmat qiladi, u ko‘ndalang joylashgan rigelli ko‘ndalang devor yoki ustunlardan
tashkil topgan. Ko‘tarib turuvchi konstruktiv unsurlar orasi keng qadamli bo‘lganda,
bu joyga xonadon ichidagi bir marshli zinapoya bemalol joylashadi.
Mayda
qadamlarda xonadon ichidagi zinapoya konstruktiv o‘lchamga mos shaklda bo‘lishi
kerak. Bo‘ylama ko‘tarma devorlardan ham shu yo‘sinda foydalanish mumkin.
Yo‘lakli uy tarhiy yechimi asosi sifatida gorizontal kommunikatsiyalar xizmat
qiladi, bular xonadonlarga olib boruvchi yo‘laklardir. Yo‘laklar
soni va uy
qirqimidagi joylashuvi bo‘yicha, ko‘p sonli variantlar ma’lum markazda yoki bir,
ikki, uch va xatto to‘rt qavat oralab, uy qirqimi o‘qi bilan birga joylashgan.
116
Yuqorida ko‘rsatilgan turkumdan tashqari yo‘lakli
va galereyali xonadonlar
loyihasi ham qo‘llaniladi. Bunday sharoitda ikki qavatga bir xonadan joylashtiriladi.
Bir qavatga joylashgan yo‘lakli xonadonlarga nisbatan bunday xonadonlarda yelvizak
masalasi oson yechiladi, hamda to’g‘rima - to‘g‘ri shamollatish hal bo‘ladi, bulardan
tashqari xonadonlar ikki tarafga qaragan bo‘ladi. Bu bilan oriyentatsiya masalasi ham
hal bo‘ladi. Bu xildagi uylarning qurilishida hech qanday qarshilik yo‘q. Ammo bu
turkum faqat ko‘p xonali xonadonlar uchun qulaydir. Yo‘lakli uylarda xonadonni 2
qavatga joylashtirish yo‘lakni ancha qisqartirishga va iqtisodiy jihatdan tejamkorlikka
olib keladi (5.7-rasm).