134
markazlarini jamoat yo‘lovchi transport tarmog‘i bilan bog‘lanishini ko‘zda tutish
lozim. Aholiga xizmat ko‘rsatish muassasalari va korxonalari soni va sig‘imlarini
hisoblashda belgilangan tartibda amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq yoki
loyihalash topshirig‘iga ko‘ra ishlab chiqilgan ijtimoiy normativlarga rioya qilish.
Joylashuv tizimlarining shahar-markazlaridagi xizmat ko‘rsatish muassasalari va
korxonalarining soni, tarkibi va sig‘imini belgilashda boshqa shahar va qishloq aholi
punktlaridan keluvchi aholi ham hisobga olinishi zarur. Tarixiy shaharlarda esa,
ushbu hududlarga tashrif buyuruvchi turistlar oqimi ham inobatga olishinishi kerak.
Qishloq aholi punktlaridagi xizmat ko‘rsatish muassasalari va korxonalarini qishloq
aholisini eng zarur xizmatlar bilan 30 daqiqapi piyoda yurish radiusida
ta’minlanishini hisobga olgan holda joylashtirish zarur. Xizmat ko‘rsatishning
yuqoriroq darajasi uchun mo‘ljallangan ob’yektlar bilan ta’minlash qishloq aholi
punktlarining guruhlari uchun ko‘zda tutilishi lozim. Xizmat ko‘rsatishni tashkil etish
uchun
statsionar
binolardan
tashqari
ko‘chma vositalar va mavsumiy
foydalaniladigan inshootlar va ular uchun alohida maydonchalar ham nazarda
tutiladi. Turar-joy imoratlari qurilgan hududda joylashtirilgan muassasalar va
korxonalar tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatish radiuslari, odatda, quyidagi jadvalda
ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlardan ko‘p bo‘lmasliklari kerak: