Jamoat binolarini joylashtirishga bo‘lgan sanitariya talablari




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/128
Sana26.01.2024
Hajmi18,93 Mb.
#146151
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

Jamoat binolarini joylashtirishga bo‘lgan sanitariya talablari. 
Yashash muhiti va odam sog‘lig‘iga ta’sir o‘tkazuvchi manbalar hisoblanuvchi 
korxonalarni, ularning o‘ziga xos texnologik jarayonlariga ega bo‘lgan alohida 
binolari va inshootlarini turar-joy imoratlari joylashgan hududdan sanitariya-himoya 
zonalari bilan ajratish lozim.
Sanitariya-himoya zonasi (SHZ) – sanoat maydonchalari chegaralari va turar-joy 
imoratlari, landshaft-rekreatsiya zonasi, dam olish va kurort zonalari o‘rtasidagi hudud.


136 
Sanitariya qoidalari korxonalar, inshootlar va boshqa ob’yektlarning sanitariya 
klassifikatsiyasiga bog‘liq ravishda sanitariya-himoya zonalarining o‘lchamlariga, ularni 
tashkil qilish va obodonlashtirilishiga, ushbu o‘lchamlarni qayta ko‘rib chiqishga 
bo‘lgan talablarni belgilab beradilar. Sport inshootlari, parklar, ta’lim muassasalari, 
umumiy foydalanishdagi davolash-sog‘lomlashtirish muassasalarini SHZ hududida 
joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. SHZ lar ichida yong‘in depolari, hammomlar, kir 
yuvish korxonalari, garajlar, avtomobil va mototsikllarni yakka tartibda saqlash uchun 
turargohlar, konstruktorlik byurolari, o‘quv muassasalari, poliklinikalar, boshqaruv 
binolari, yoqilg‘i quyish stansiyalari, poliklinika, do‘konlar, ushbu korxonalarga xizmat 
ko‘rsatish bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot laboratoriyalar, korxona xodimlari uchun sport-
sog‘lomlashtirish 
inshootlarini 
joylashtirish 
mumkin. 
SHZ 
imkon 
qadar 
ko‘kalamzorlashtirilishi lozim. Turar-joy imoratlari joylashgan hududlar va quyida 
sanab o‘tilgan sanitariya-texnik inshootlar, transport infratuzilmasi inshootlari, 
kommunal soha ob’yektlari, sport inshootlari va sado korxonalari o‘rtasida eni 50 
metrdan kam bo‘lmagan sanitariya-himoya zonasi tashkil qilingan bo‘lishi zarur: 
- sport o‘yinlarining o‘tkazishga mo‘ljallangan va 100 tagacha o‘rinli tribunalari 
bo‘lgan ochiq turdagi jismoniya tarbiya-sog‘lomlashtirish inshootlari; 
- savdo komplekslari, mayda ulgurji bozorlar, oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat 
mollari bozorlari; 
- kamida ikki postga ega avtomobil yuvish joylari (avtomobillarga qo‘shimcha 
xizmat ko‘rsatishsiz); 
- bir smenada 500 kg gacha kir yuvish quvvatiga ega kir yuvish korxonalari; 
- maishiy 
texnika, 
soat, 
poyafzal 
ta’mirlash ustaxonalari (alohida 
joylashtirilgan); 
- “Tez yordam” xizmati kichik stansiyalari; 
- avtomatik telefon stansiyalari; 
- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari (stasionar va vaqtincha); 
- kichik kimyoviy tozalash va kir yuvish korxonalari; 
- alohida joylashtirilgan yopiq jismoniy-tarbiya-sog‘lomlashtirish komplekslari, 
sport klublar, ochiq sport maydonchalari. 


137 

Download 18,93 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   128




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jamoat binolarini joylashtirishga bo‘lgan sanitariya talablari

Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish