Binoga kirish xonalari guruhi




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/128
Sana26.01.2024
Hajmi18,93 Mb.
#146151
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
8.3. Binoga kirish xonalari guruhi 
Binoga kirish xonalari guruhini tahlil qilishdan avval qurilish klimotologiyasi 
talablari bilan qisqacha tanishib chiqish lozim. 
Mamlakatning butun hududi geografik kengligiga bog‘liq ravishda to‘rtta: I, II, 
III va IV iqlimiy mintaqaga bo‘linadi , ushbu mintaqalar, o‘z navbatida, eng sovuq 
oyning o‘rtacha haroratiga qarab A, B, G va D kichik hududlarga ajratilgan. Ana shu 
ko‘rsatkichlar inshootlarni loyihalashtirishni belgilab beradi. 
Tambur – binoga, zinapoya katagi yoki boshqa xonalarga sovuq havo, tutun va 
hidlarning kirishidan himoya qiladigan eshiklar o‘rtasidagi o‘tish bo‘shlig‘i Binoga 
kirishdagi tamburning maqsadi – binoning ichki bo‘shlig‘ini ko‘chadagi sovuq 
havodan himoya qilishdan iborat. U o‘ziga xos bufer vazifasini bajaradi. Tamburning 
minimal chuqurligi 1500 mm ni tashkil etishi kerak. Tamburning minimal kengligini 
belgilash uchun binoga kirish eshigining eniga har bir tomondan 150 mm dan 
qo‘shish lozim. Binoga kirish joyidagi polning belgisi binoga kirish oldidagi 
trotuarning rejaviy belgisidan kamida 150 mm ga balandroq bo‘lishi lozim. 
Vestibyullar jamoat binolarining asosiy taqsimlovchi xonalaridir. Ularga gorizontal 
va vertikal kommunikatsiyalar tutashib ketadi. Odamlar oqimi aynan vestibyulda 
shakllanadi, shuning uchun vestibyul tarkibida bir qator yordamchi xonalar bo‘lib, 
ularning vazifasi – jamoat binosining murakkab tuzilmasida odamga yo‘nalishlarni 
ko‘rsatib berishdan iborat. Masalan, binoning funksional vazifasiga qarab 
ma’lumotlar byurosi, operatorlar xonasi, savdo shoxobchalari va h.k.


152 
Vestibyullarning talqini turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ularning asosiy vazifasi 
odamlarga to‘g‘ri yo‘nalishlarni ko‘rsatish hisoblanadi. Garderobxonalar ustki kiyim-
boshni joylashtirish uchun loyihalashtiriladi, bunda bitta o‘rin uchun quyidagicha 
maydonlar ajratilishi ko‘zda tutiladi: 
konsol turidagi ilgichlar uchun – 0,08 m
2

oddiy va osma ilgichlar uchun – 0,1 m
2

Garderob chuqurligi 6 metrdan kam bo‘lmasligi lozim. 
Kiyim-bosh berish uchun mo‘ljallangan to‘siq (barer) eni 0,6-0,7 metrga teng 
bo‘lib, harakatlanishlar ommaviy tusga ega binolardagi taxminiy uzunligi – 30 o‘rin 
uchun 1 pogonli metr, harakatlanishlar ommaviy emas, lekin muntazam bo‘lgan 
binolar uchun – 50-60 o‘rin uchun 1 pogonli metr qilib belgilanadi. Ustki kiyim-bosh 
garderoblari uchun minimal masofalar quyidagicha qabul qilinadi: 
- barer oldidagi bo‘shliq – 3-4 metr; 
- barerdan ilgichlargacha – 0,8-1,0 metr; 
- ilgichlar o‘qlari orasidagi masofa: o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishda – 1,6 m; 
garderobchilar xizmat ko‘rsatganida – 1,2 m; 
- ilgichlarning chekka qatori va devor yoki pardevor o‘rtasidagi masofa: o‘ziga 
o‘zi xizmat ko‘rsatishda – 1,3 m; garderobchilar xizmat ko‘rsatganida – 0,9 m; 
- konsolli-buriluvchi ilgichlarning turtib chiqqan qismlari yoki kiyim-bosh 
saqlanadigan shkaflar orasidagi masofa, shuningdek shu kabi ilgichlar va 
shkaflarning turtib chiqqan qismlari orasidagi masofa: o‘ziga o‘zi xizmat 
ko‘rsatishda – 1,0 m; garderobchilar xizmat ko‘rsatganida – 0,6 m. Vestibyulning 
rejaviy yechimiga bog‘liq ravishda gardebxonalar joylashtirishining turlicha 
sxemalari qo‘llaniladi: 
- yon tomonli (bir yoki ikki taraflama); 
- ichkariga chuqurlashtirilgan; 
- perimetr bo‘yicha; 
- orolli shaklda. 
Sxemani tanlashda, birinchi navbatda, garderobxonadan chiqib kelayotgan 
odamlar oqimi kesishmasligi nazarda tutiladi.


153 
Garderobxonalari bo‘lgan vestibyullarning maydoni ilgichdagi bir o‘ringa 0,18-
0,28 m
2
hisobidan qabul qilinadi. Bunda garderobdagi o‘rinlar soni binoning 
sig‘imiga qarab belgilanadi. 

Download 18,93 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   128




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish