154
ingolyatoriy, fotariy, qo‘l va oyoq vannalari uchun xonalar, shuningdek ish vaqtida
dam olish va psixologik yukni kamaytirish uchun maxsus xonalar jamoat binolari
uchun qabul qilingan me’yorlar bo‘yicha tashkil qilinishi kerak
Hammom-saunani loyihalashtirishda uning tarkibiga quyidagi xonalarni kiritish
lozim: yechinish-kiyinish xonasi, quruq issiq kamerasi, dushxona, sanitariya bloki,
sovuq suvli basseyn, uqalash xonasi, dam olish xonasi, boshqaruv pulti
joylashtirilgan xona. Quruq issiqli hammomlarni tashqi devorga tutash qilib birinchi
yoki sokol qavatida, tashqariga mustaqil chiqish eshigi bilan joylashtirishga yo‘l
qo‘yiladi. Ish vaqtida dam olish va psixologik yukni kamaytirish uchun maxsus
xonalar, odatda, uy kiyim-boshi saqlanadigan garderob va sog‘lomlashtirish punkti
yonida joylashtiriladi Dam olish va psixologik yukni kamaytirish xonalarida, agar
zaruriy talab va asoslanishlar bo‘lsa, tonusni yaxshilaydigan turli ichimliklarni
tayyorlash va iste’mol qilish uchun qurilmalar, shuningdek jismoniy tarbiya bilan
shug‘ullanish uchun joylar ko‘zda tutilishi mumkin. Yerto‘la qavatlarida muhandislik
xizmatlarining xonalari, omborxonalar, do‘konlar, radiouzel, kinofotolaboratoriyalar,
ijaraga berish punkti, tir, sport zallari, kitob saqlanadigan va arxiv xonalarini
joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Bu kabi xonalarni tabiiy
yoritilganliksiz
loyihalashtirishga ruxsat beriladi. Undan tashqari, majlislar zali, ma’ruza
auditoriyalari va kuluarlar, maishiy xizmat ko‘rsatish salonlari, sport va sport-
tomosha zallari va avtoturargohlarni ham tabiiy yoritishsiz loyihalashtirish mumkin.
Barcha jamoat binolari
nogironlar va
aholining kam harakatlanuvchi, shu jumladan
aravachalarda harakatlanuvchi guruhlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda
qurilishi zarur.
Maishiy xonalardagi qatorlarning o‘qlari orasidagi masofalar va o‘tish
yo‘llarining kengligi quyidagi jadval bo‘yicha qabul qilish zarur: