Binolarning muhandislik uskunalari




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/128
Sana26.01.2024
Hajmi18,93 Mb.
#146151
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
7.5. Binolarning muhandislik uskunalari 
Me’moriy loyihalashtirish – bino yoki inshootning ishchi loyihasini yaratib 
beradigan yagon kompleksli jarayonning faqat bir qismidir. Ishchi loyihalashtirish 
o‘z tarkibiga ob’yektning muhandislik uskunalariga bag‘ishlangan bir qator yondosh 
bo‘limlarni olgan. 
Jamoat binosi quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim: isitish tizimlari, havoni 
shamollatish va o‘zgartirish tizimlari, suv ta’minoti va suvni chiqarish tizimlari, gaz 
ta’minoti, elektr uskunalari va elektr energiyasi ta’minoti, shahar telefon aloqasi, 
radio va televidenie tarmoqlari, qo‘riqlash va yong‘indan saqlash signalizatsiyasi, 
lokal kompyuter tarmoqlari. 
 
 


146 
7.6. Ekologik loyihalashtirish – binoning hajmiy-rejali tuzilmasini 
shakllantirishning zamonaviy usuli 
Ekotizimni shakllantiruvchi va zamonaviy binolar uchun eng muhim va tuzilma 
yaratuvchi hisoblangan bir nechta jihatlarni belgilaymiz: 
- bino yo‘nalinishi va konfiguratsiyasini belgilash maqsadida loyihalash 
hududining iqlimiy sharoitlarining tahlili; 
- xonalarning, xususan, har bir ish joyining tabiiy yoritilganligi; 
- xonalarning tabbiiy shamollatilishi; 
- energiya tejamkorligi: iqlimiy sharoitlardan kelib chiqqan holda, isitish va, 
aksincha, sovutish nutqai nazaridan tejamkor rejalashtirish; 
- binoda mikroiqlim shakllantirish maqsadida o‘simliklardan foydalanish 
imkoniyatlari; 
- dinamik adaptatsiya prinsipida qurilgan energo faol binolar. 
Quyida sanab o‘tilgan jihatlarning har biri ustida to‘xtalib o‘tamiz. 
Xonalarning chuqurligi bilan shartlangan tabiiy yoritilganlik muammosi ayniqsa 
atriumli binolarda dolzarb hisoblanadi. An’anaviy rejali tuzilmaga ega ma’muriy 
binolarni loyihalashtirish amaliyotida shakllangan xonalar yoritilishining hisoblash 
usullari atriumli inshootlar uchun to‘g‘ri kelmaydi. Yo‘lakli sxemaga ega binolar 
uchun qo‘llaniladigan an’anaviy usullar quyosh nurlari xonalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
tushishiga va xona ichida aks etishiga mo‘ljallangan. Atriumli binolarda esa nurlar 
ishchi xonalarga etib borguncha turli yo‘nalishlarda ko‘p marotaba aks etadilar.
Shu nuqtai nazarda atriumli bo‘shliqlardan ishchi xonalarni qo‘shimcha tabiiy 
yoritilishi va, aksincha, ko‘z dam olishi uchun foydalaniladi. Agar, atriumli sxemada 
qabul qilingan hajmiy-rejali yechim ishchi xonalarni faqat tabiiy yoritilishini taqozo 
etsa, “atriumga quyosh nurlarini tutuvchi va tarqatuvchi shaklini berish va uning 
atrofida tegishli bo‘shliqni yaratish kerak” Bunda, R.Sakson bo‘yicha, atriumga 
tutashadigan xonalar enini kichraytirish yoki balandligini oshirish lozim (tabiiy 
yoritilganlik talab etilgan darajaga ega bo‘lishiga qadar). Xonalarning balandligi va 
derazalar turi odatdagicha bo‘lganida kengligi 12 metrdan oshmaydigan xonalarni 
tashkil qilish mumkin.


147 
Qavat balandligini oshirib va ayrim aks ettiruvchi maxsus qurilmalarni qurish 
orqali bu parametrlarni kattalashtirish mumkin. Qavat balandligini 2,7 metrdan 3,6 
metrgacha kattalashtirib xonalarning qoniqarli hisoblangan yoritilishini 9 metrga 
ko‘paytirishni ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Chuqur bo‘lmagan xonalar perimetr 
bo‘ylab tashkil etilgan oraliqlar yordamida oson yoritilib, qo‘shimcha yoritish 
vositalarini talab qilmaydilar. Bu holatlarda, agar qavatlar balandligi kichiklashtirilsa, 
atrium hajmi kattalashtiriladi. Qavatlar balandligini oshirilishi atriumning belgilangan 
balandligida ularning soni kamaytirilishiga, shuningdek ventilyatsiya kanallarini 
joylashtirish uchun qavatlararo bo‘shliqning kattalashishiga olib keladi. Agar 
funksional nuqtai nazardan chuqur xonalarni tashkil qilish talab etilsa, u holda ushbu 
bo‘shliqlarning atrium bilan bog‘lanishlarini diqqat bilan o‘rganib chiqish zarur 
bo‘ladi. Agar kunduzida tabiiy yoritish talab etilsa, mo‘tadil iqlim kengliklarida ham 
haroratni muvofiqlashtirish katta muammoga aylanishi mumkin. Atriumdan o‘ziga 
xos isitish qurilmasi sifatida foydalanish yo‘li bilan binoni sovutish uchun 
xarajatlarni kamaytirish, isitishni esa ancha soddalashtirish mumkin. 
Muqobil strategiya sifatida qisman tabiiy yorug‘lik bilan, qisman sun’iy 
yoritgichlar bilan yoritiladigan tuzilmadan foydalanish qo‘llaniladi. Bunda, optimal 
iqtisodiy samaraga erishish uchun tabiiy va sun’iy yorug‘liklar maxsus 
muvofiqlashtirish tizimi bilan o‘zaro bog‘lanishi zarur. Intergal yoritilishga 
mo‘ljallanib loyihalashtirilgan binolarda qorong‘i tushishiga yoki bulutli havoga 
qarab sun’iy yorug‘lik manbalari binoning eng chuqur va qorong‘i qismlaridan 
boshlab asta-sekin ishga tushirilishi lozim. Bino tuzilmasining energiya tejamkorligi 
nuqtai nazarida asosiy jihatlaridan biri sifatida hisoblangan ekotexnik konsepsiyasini 
atriumli binolar misolida ko‘rib chiqamiz. Atriumli binolarni loyihalashtiruvchilar 
qulaylik darajasini ham kamaytiradigan, ham yaxshilaydigan oranjereya effekti va 
aerodinamik tortish kuchi effekti kabi ikki hodisa bilan to‘qnash keladilar. R.Sakson 
bo‘yicha oranjereya effektining mohiyati shundan iboratki, quyosh nurining qisqa 
to‘lqinli tarkibiy qismi oynadan o‘tib, intererni isitadi. Issiqlikning ichkaridan 
tashqariga nurlanishi to‘lqinlari uzunroq bo‘lib, oyna tomonidan ushlab qolinadi.


148 
Shunday qilib, quyosh issiqligi ichkarida saqlanib qolib qishda samarali va 
yozda, aksincha, salbiy effektni beradi. Bu hodisa atriumli bo‘shliqlarni ikki 
yo‘nalishda foydalanishni belgilab berdi: binolarni isitishga mo‘ljallangan atrium va 
binolarni sovutishga mo‘ljallangan atrium. Birinchi yo‘nalish qishda atrium ichini 
foydalanilgan havo hisobiga isitishga va yozda tabiiy shamollatish yo‘li bilan 
sovutishga asoslangan. Ikkinchi yo‘nalish atriumdan havo almashinuvini ta’minlab 
beruvchi havo rezervuari sifatida foydalanishni ko‘zda tutadi. Havoning tortish kuchi 
turli balandliklardagi havo bosimlar o‘rtasidagi farqlanish orqali hosil bo‘ladi, 
natijada issiq havo atriumning yopiq hajmi ichida doim pastdan yuqoriga 
harakatlanadi. Ana shu tortish kuchini ventilyatsiyani ta’minlash uchun ishlatish 
mumkin, shu sababdan ham atriumni vetliyatsion kanal sifatida ham talqin etadilar. 
Konstruktiv usullar ham, o‘z mohiyatiga ko‘ra binoning yo‘naltirilishi va yon-
atrofdagi tabiiy ob’yektlardan chiqqan quyosh nurlarini aks etish kabi shaharsozlik 
yechimlarini hal qilish bilan birga, jamoat binolarining energetik va ekologik 
samaradorligini oshirishga, shuningdek ularning tejamkorligiga yo‘naltirilgan usullar 
sirasiga kiradi. “Dinamik adaptatsiya prinsiplaridan foydalanuvchi kinematik usullar 
... quyosh energiyasini ushlab qolinishi va jamlanishini yaxshilash imkonini beruvchi 
energofaol binolarning Quyosh aylanishini kuzatish rejimida aylanishi yoki boshqa 
siklik harakatlanishlar; to‘siqlarni energofaollik va energetik tejamkorlikni oshiruvchi 
turli ko‘rinishlarga o‘zgartirilishi; Quyosh harakatlanishini kuzatuvchi kollektorning 
va buriluvchi panelli kollektorlarni tatbiq etilishi; buriluvchi qaytarish ekranlarining 
qo‘llanilishi alohida o‘rin tutadilar”. 

Download 18,93 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   128




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish