140
Funksional zonalash – inshootni funksiyalarining umumiyligi bo‘yicha bir
turdagi xonalardan iborat guruhlardan iborat zonalarga bo‘lish [2].
Funksional bloklar – funksiyalari bo‘yicha umumiy bo‘lgan xonalar guruhi.
Funksional zonalashning quyidagi turlari mavjud:
-
gorizontal funksional zonalash – barcha funksional bloklar bir sathda
joylashib, o‘zaro gorizontal kommunikatsiyalar bilan bog‘lanadilar;
-
vertikal funksional zonalash – barcha funksional
bloklar har xil sathlarda
joylashib, o‘zaro veritkal kommunikatsiyalar bilan bog‘lanadilar;
-
gorizontal-vertikal funksional zonalash - yuqorida keltirilgan ikki turlarning
mujassamligiga asoslanadi va amaliyotda eng ko‘p tarqalgan tur hisoblanadi.
Funksional zonalashning asosiy vazifasi – xonalar (yoki xonalar guruhlari)
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ularning aniq chegaralarini saqlagan holda aniqlash.
Bu masala xonalarni muayyan tarzda guruhlash yordamida yechiladi.
Bunda
xonalarni guruhlashning jamoat binosining ichki hajmi tashkil qilinishiga ta’sir
ko‘rsatuvchi quyidagi asosiy sxemalarini belgilash mumkin:
- yacheykali sxema;
- yo‘lakli sxema;
- anfiladali;
- zalli sxema;
- atriumli sxema;
- pavilonli sxema;
- aralash (kombinatsiyalashgan) sxema.
Ushbu sxemalarning har birida batafsil to‘xtatilib o‘tamiz.
Xonalarni guruhlashning
yacheykali sxemasi funksional jarayonlar alohida
kechadigan mustaqil fazoviy yacheykalardan iborat qismlardan tashkil topgan.
Yacheykalar ularni tashqi muhit bilan bog‘lovchi umumiy kommunikatsiyaga ega.
Xonalarni guruhlashning
yo‘lakli sxemasi yagona funksional jarayonning qismlarini
o‘z ichiga oladi, bu qismlar umumiy chiziqli kommunikatsiya – yo‘lak
bilan
bog‘lanadilar. Xonalarni guruhlashning
anfiladali sxemasi bir-birining ketida
joylashgan va o‘zaro umumiy o‘tish yo‘li bilan bog‘langan qator xonalardan iborat.
141
Xonalarni guruhlashning
zalli sxemasi qismlarga ajratilmagan katta maydonlarni
talab etuvchi funksiyalar uchun yagona bo‘shliqni tashkil etishga asoslangan.
Xonalarni guruhlashning
atriumli sxemasi yopiq ichki hovli –
atrium atrofida
joylashgan va unga chiqadigan xonalardan iborat. Xonalarni guruhlashning pavilonli
sxemasi xonalar yoki ularning guruhlarini alohida hajmlar – yagona kompozitsion
yechim vositasida o‘zaro bog‘langan pavilonlarda taqsimlanishiga asoslanadi. Ushbu
sxemalar mujassamlikda va birgalikda qo‘llanilishida
kombinatsiyalashgan: yo‘lakli-
halqali, anfilada-halqali va shu kabi sxemalar yaratiladi. Xonalarni guruhlashning
yuqorida keltirilgan sxemalari jamoat binosi yoki inshootining
turli kompozitsion
sxemalarini yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qilib, ular vositasida jamoat binosining
hajmiy-rejali tuzilmasi shakllantiriladi.