135
Mahalliy ahamiyatga ega savdo,
umumiy ovqatlanish va
maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari
shaharlarda
qishloq aholi punktlarida
500-800
2000
Aloqa bo‘linmalari va omonat bankining filiallari
500
Ushbu qisqacha tahlildan quyidagi xulosani chiqarish mumkin: turar-joy
imoratlari shaharning asosiy “to‘qimasini”
tashkil qilib, fon vazifasini bajaradilar,
jamoat
binolari esa mikrotuman, turar-joy tumani,
shaharning jamoat markazini
shakllantirib, o‘ziga xos “karkas” vazifasini o‘tab, shaharsozlik dominantalarini
tashkil qiladilar.
Shuning uchun ham, ularning chuqur-fazoviy,
hajmiy va frontal
kompozitsiyasiga qo‘yiladigan estetik talablar ancha yuqori bo‘ladi. Rekonstruktiv
choralar ijtimoiy ahamiyatga ega kundalik va davriy xizmat ko‘rsatish
ob’yektlarining mikrotuman va turar-joy hududlarida tashkil
etilgan tarmoqlarini
saqlab qolish va to‘ldirishga qaratilishi lozim. Kundalik ehtiyojlar bo‘yicha eng
asosiy korxonlar sifatida quyidagilar qayd etilgan: narxlari mo‘tadil bo‘lgan
universam turidagi universal oziq-ovqat do‘koni, umumiy ovqatlanish korxonalari –
kafe, emakxonalar, oshxona,
dietik oshxonalar, kulinariya do‘konlari; maishiy
xizmat ko‘rsatish korxonalar – kir yuvish va kimyoviy
tozalash korxonalarining
qabul punktlari, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kir yuvish korxonalar, poyafzal, metall
buyumlar, charm-galantereya va shu kabilarni ta’mirlash bo‘yicha kichik ustaxonalar,
kiyim-kechak, bosh kiyim va trikotaj mahsulotlarini tikish va ta’mirlash atelesi,
sartaroshxona, fotoatele, xizmat ko‘rsatish byurosi va h.k.