Toshkent arxitektura qurilish instituti




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/128
Sana26.01.2024
Hajmi18,93 Mb.
#146151
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

Shaharsozlik omillari. 
Shaharsozlik omillari jamoat binolarini shaharning rejali tuzilmasidagi 
joylashuvini belgilab beradilar. 
Shahar hududi funksional foydalanishiga qarab istiqomat, ishlab chiqarish va 
landshaft-rekreatsiya zonalariga bo‘linadi. Istiqomat hududi uy-joy fondini, jamoat 
binolari va inshootlarini, shu jumladan ilmiy-tadqiqot institutlari va ularning 
komplekslarini, shuningdek sanitariya-himoya zonalarini tashkil etishni talab 
etmaydigan alohida kommunal va sanoat ob’yektlarini joylashtirish, shahar ichidagi 
qatnov yo‘llari, ko‘chalar, maydonlar, park va bog‘lar, bulvar va umumiy 
foydalanishdagi joylar uchun mo‘ljallanadi
Shahar va qishloq aholi punktlaridagi istiqomat hududlarining rejali tuzilmasini 
jamoat 
markazlari, 
turar-joy 
imoratlari, 
ko‘cha-yo‘l tarmog‘i, umumiy 
foydalanishdagi ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarning o‘zaro bog‘lanishini va, shu 
bilan birga, umuman, aholi punktining maydoni va hududining tabiiy sharoitlariga 
bog‘liq bo‘lgan rejali tuzilmasini inobatga olgan holda loyihalashtirish lozim. 
Shaharlarda o‘z tarkibida umumshahar markazi, rejalashtirilgan hududlar (zonalar) 
markazlari, turar-joy va sanoat zonalari, dam olish zonalari, kundalik ehtiyojlar uchun 
savdo-maishiy markazlari, shuningdek shahar yaqinida joylashtirilishi mumkin 
bo‘lgan ixtisoslashtirilgan (tibbiy, o‘quv, sport va boshqa) markazlar mavjud bo‘lgan 
jamoat markazlari tizimini shakllantirish lozim. Jamoat markazlarining soni, tarkibi 
va joylashtirilishi shaharning kattaligi, uning joylashuv tizimida tutgan o‘rni va 
hududning funksional-rejali tashkil etilishini hisobga olgan holda qabul qilinadi. 
Yirik va juda yirik shaharlar, shuningdek tuzilmasi qismlarga ajratilgan shaharlarning 
umumshahar jamoat markazi, odatda, shahar miqyosidagi kichik markazlar bilan 


132 
to‘ldiriladi. Kichik shaharlar va qishloq aholi punktlarida yagona jamoat markazi 
shakllantirilib, 
turar-joy 
imoratlari 
zonasida 
joylashtiriladigan 
kundalik 
foydalanishdagi ob’yektlari bilan to‘ldiriladi. 
Umumshahar markazida, uning o‘lchamlari va rejalashtirilishiga bog‘liq 
ravishda, umumshahar yadrosini tashkil etuvchi o‘zaro bog‘langan jamoat hududlar 
(bosh ko‘chalar, maydonlar, piyoda zonalari) tizimlarini tashkil etish lozim. Tarixiy 
shaharlarda umumshahar markazi yadrosini tarixiy imoratlar qurilgan hududda to‘liq 
yoki qisman shakllantirishga qaror topgan tarixiy muhitni saqlab qolishni ta’minlash 
shartiga rioya qilinganida yo‘l qo‘yiladi. Turar-joy imoratlarini qurish va aholiga 
madaniy-maishiy tizimini shakllantirishning shaharsozlik konsepsiyasi ishlab 
chiqilgan bo‘lib, unga muvofiq har bir shaharsozlik tuzilmasi uchun muayyan xizmat 
ko‘rsatish bosqichi mos kelishi kerak: shaharga – epizodik xizmat ko‘rsatish, turar-
joy tumaniga – davriy xizmat ko‘rsatish, mikrotumanga – kundalik xizmat ko‘rsatish.

Download 18,93 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   128




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish