• 1. Ta’lim-tarbiya vazifalari uchun mo‘ljallangan bino va xonalar.
  • Toshkent arxitektura qurilish instituti




    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/128
    Sana26.01.2024
    Hajmi18,93 Mb.
    #146151
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   128
    Bog'liq
    Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

     
     


    122 
    VI-BOB. JAMOAT BINOLARINING GURUHLARI. 
    JAMOAT BINOLARINING TIPOLOGIK YECHIMLARI VA 
    SHAKLLANTIRUVCHI ASOSIY OMILLAR 
    6.1. Jamoat binolari va inshootlarining klassifikatsiyasi 
    Jamoat vazifalari uchun mo‘ljallangan bino va xonalar quyidagi guruhlarga 
    ajratiladi. 
    1. Ta’lim-tarbiya vazifalari uchun mo‘ljallangan bino va xonalar. 
    1.1. Ta’lim va kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan muassasalar: 
    - maktabgacha ta’lim muassasalari; 
    - umumta’lim muassasalari: maktab, gimnaziya, lisey, kollejlar; 
    - kasb-hunar (boshlang‘ich, o‘rta, oliy va diplom oldi) ta’lim muassasalari. 
    1.2. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari (maktab o‘quvchilari va yoshlar 
    uchun). 
    1.3. Ixtisoslashtirilgan muassasalar (aeroklub, avtomaktab, mudofaa ta’lim 
    muassasalari va sh.k.). 
    6.1-rasm. Musiqa maktabi binosi (Rossiya Federatsiyasi). 


    123 
    2. Sog‘liqni saqlash va aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish binolari va 
    xonalari. 
    2.1. Sog‘liqni saqlash muassasalari: 
    - statsionar bo‘linmali davolash muassasalari, tibbiy markazlar va sh.k. 
    - ambulatoriya-poliklinika va tibbiy-sog‘lomlashtirish muassasalari; 
    - dorixonalar, sut oshxonalari, qon quyish stansiyalari va boshqalar; 
    - tibbiy-reabilitatsiya va korreksiya muassasalari (shu jumladan bolalar uchun 
    ham). 
    2.2. Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari: 
    - statsionari bo‘lmagan muassasalar; 
    - statsionari bor muassasalar, shu jumladan bolalar uchun vasiylik muassasalari. 
     
    6.2-rasm.Poliklinika binosi (Rossiya Federatsiyasi). 
    3. Aholiga servis xizmatlarini ko‘rsatish binolari va xonalari. 
    3.1. Chakana va mayda ulgurji savdo korxonalari. 
    3.2. Umumiy ovqatlanish korxonalari. 


    124 
    3.3. Aholiga maishiy va kommunal xizmat ko‘rsatuvchi noishlab chiqarish 
    korxonalari: 
    - aholiga bevosita xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan kommunal xo‘jalik 
    muassasalari; 
    - fuqarolik marosimlari muassasalari. 
    3.4. Aholiga bevosita xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan aloqa muassasalari 
    va korxonalari. 
    3.5. Aholiga bevosita xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan transport 
    muassasalari: 
    - transportning barcha turlari uchun vokzallari; 
    - yo‘lovchilarga (shu jumladan turistlarga ham) xizmat ko‘rsatish muassasalari. 
    3.6. Sanitariya-maishiy vazifalar uchun mo‘ljallangan inshoot, bino va xonalar. 
    3.7. Veterinariya muassasalari. 

    Download 18,93 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   128




    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish