VII-BOB. BINOLARNING FUNKSIONAL, HAJMIY-REJALI




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/128
Sana26.01.2024
Hajmi18,93 Mb.
#146151
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

VII-BOB. BINOLARNING FUNKSIONAL, HAJMIY-REJALI, 
KOMPOZITSION VA KONSTRUKTIV SXEMALARI. QURILISH 
STANDARTLASHTIRILISHI VA UNIFIKATSIYASI 
7.1. Bino va inshootning tipologik tashkil etuvchilari: 
funksiyasi, konstruksiyasi, shakli 
Jamoat binolarining funksional, kompozitsion va konstruktiv sxemalarini ko‘rib 
chiqishdan avval milliy arxitektura nazariyachilari tomonidan “funksiya”, 
“konstruksiya” va “shakl” degan tushunchalarga berilgan ta’riflar to‘g‘risida to‘xtalib 
o‘tamiz. Misol uchun, akademik A.V.Ikonnikov arxitektura ob’yektinining funksiyasi 
va shaklini quyidagicha ta’riflagan: “... Funksiya – arxitektura orqali hal qilinadigan 
amaliy va axborot tusga ega turli vazifalar kompleksi”; “... arxitektura ob’yektining 
shakli uning muhit va madaniyat kontekstida tashkil etilishi va mavjud bo‘lishi 
usulini ifodalaydi”. Keyinchalik me’moriy shakl tushunchasini kengaytirgan: 
“Texnologiyani premetli shaklga tatbiq etishning uchta taktikasini ajratish mumkin. 
Birinchisida ishlab chiqarish jarayonining xarakteri uning g‘oyasi manbalari qatoriga 
kiradi. Texnologik shaklning ikkinchi konsepsiyasi boshqa vositalar orqali tatbiq 
etilgan ideal texnologiyaning obrazli ifodalanishiga asoslanadi. Uchinchi konsepsiya 
arxitektura tilidan jarayon izlarini istisno qilishdan iborat bo‘lib, ob’yektning vazifasi, 
uning materiali va amalga oshirish usuli qanday bo‘lishidan qat’iy nazar shaklning 
universallik prinsipiga asoslanadi”. 
Funksionalizm nazariyachilari funksiya shaklning tuzilmaviy va badiiy 
jihatlariga yakka o‘zi ta’sir o‘tkaza oladi deb hisoblar edilar. Amaliyotda 
tasdiqlanganki, 
me’moriy ob’yekt shakllari inshoot mazmunidan kelib 
chiqqanidagina yashay oladi, lekin mexanik tarzda emas, dialektikaga asoslangan 
bo‘lishi, ya’ni shakl bir vaqtning o‘zida mazmunni ham shakllantirishi lozim. 
funksiya, konstruksiya va shakl o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ular bir-birlarini va 
umuman binoning mavjud bo‘lishini shartlab va muvofiq sharoitlarni belgilab 
beradilar. Me’moriy shaklning uning ichida ro‘y berayotgan jarayonlarga ta’siri 
etarlicha kuzatilgan.


138 
Misol tariqasida boshqa ijtimoiy funksiyalarga moslab rekonstruksiya qilingan 
juda ko‘p ob’yektlarni keltirish mumkin. Moslashtirilgan bino, garchi avvaliga 
boshqa fazoviy ob’yekt qulay bo‘lib ko‘ringan bo‘lsada, vaqt o‘tishi bilan etarlicha 
qulay bo‘lib qoladi. Harakatlarning muayyan universalligi mazmunan turlicha 
bo‘lgan jarayonlar parametrlari bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan bo‘shliqlarda amalga 
oshirilishi uchun imkoniyat yaratib beradi. Bu, o‘z navbatida, istalgan arxitektura 
ob’yekti bir qator jarayonlar bir xilda kechishi uchun yaroqli bo‘lishini ta’minlaydi. 
Shunday qilib, so‘z arxitekturaning ko‘p funksionalligi to‘g‘risida yuritilishi zarur. 
So‘nggi yillardagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatayaptilarki, ko‘p funksionallik arxitektura 
ob’yektining mazmun-mohiyatida kelib chiqadi. Biron funksiya uchun yaratilgan 
bo‘shliq ushbu funksiyaga nisbatan doimo keragidan ortiq hisoblanadi. 
Funksional potensial – o‘z ichiga ko‘p ma’noli tushunchalarning tarmoqlangan 
ierarxiyasini olgan umumlashtiruvchi atamadir [20]. Uni tashkil etuvchilar orasidan 
dolzarb funksiyalar” guruhini, ya’ni ist’emolchi tasavvurida ob’yekt shaklining 
qimmatli xarakteristikalari bilan bog‘liq funksiyalarni ajratish mumkin. Dolzarb 
funksiyalar tarkibida “sababli funksiyalar” guruhi bo‘lib, ular ob’yektning birlamchi 
vazifasini belgilab beradilar. “Sababli funksiyalar” “ishchi funksiyalar”, ya’ni 
arxitektura ob’yekti qurilganidan keyin unda beixtiyor jamlanadigan jihatlar 
namoyon bo‘ladigan funksiyalar kelib chiqishiga sabab bo‘ladilar. Ishchi funksiyalar 
ob’yekt mavjud bo‘lishining ustuvor va har bir davri uchun muvofiq tarzda 
belgilanadigan birgalikdagi funksiyalarga bo‘linadi. Arxitektura ob’yektlari 
faoliyatining funksional xususiyatlarini ko‘rib chiqishda sababli funksiyadan kelib 
chiquvchi jarayon doim ham qabul qilingan taxminga muvofiq kechmasligini hisobga 
olish zarur. Ikki: ideal va real funksiyalarni ajratish lozim.. birinchisining talablariga 
ko‘ra ob’yekt shakllanadi, ikkinchisi bo‘yicha esa faoliyat ko‘rsatadi. Loyihachi ana 
shu farqlanishni imkon qadar kamaytirishga harakat qiladi, lekin, ideal funksiya o‘rta 
statistik iste’molchi uchun hisoblangan bo‘lsada, real foydalanuvchining istak-
xohishlarini oldindan aniqlash qiyin. 
Me’moriy interpretatsiyalar asosida shakl va funksiya o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqliklarning o‘ziga xos jihatlar bilan shartlanadigan bir qator hodisalar yotadi.


139 
Bu tarkibiy qismlar bilan shlash uchun ularni umumiy mahrajga keltirish lozim. 
Buni amalga oshirish uchun “funksional shakl” (konstruksiya, funksiya), “konstruktiv 
funksiya” (shakl, konstruksiya) va “shaklli konstruksiya” (funksiya, shakl) 
tushunchalarini kiritib har bir tarkibiy qismni uch xil elementdan tashkil topgan 
butunlik ko‘rinishida qabul qilamiz. Funksional shakl (konstruksiya, funksiya) bilan 
arxitekturaviy shakl (konstruksiya, funksiya)ni tashkil qiluvchi va o‘zlarida 
ob’yektning funksional xususiyatlarini jamlagan elementlar mujassamligi belgilanadi. 
Konstruktiv funksiya (shakl, konstruksiya) – arxitektura ob’yekti funksiyalari (shakli, 
konstruksiyasi)ni tashkil qiluvchi va o‘zlarida ob’yektning konstruktiv xususiyatlarini 
jamlagan elementlar mujassamligi. Shaklli konstruksiya (funksiya, shakl) –
arxitekturaviy konstruksiya (funksiya, shakl)ni tashkil qiluvchi va o‘zlarida 
ob’yektning konstruktiv xususiyatlarini jamlagan elementlar mujassamligi. Ushbu 
bobning keyingi bo‘limlarida bu tushunchalar qanday va nimalar belgilanishini ko‘rib 
chiqamiz. 

Download 18,93 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   128




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



VII-BOB. BINOLARNING FUNKSIONAL, HAJMIY-REJALI

Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish