142
Yo‘lkali-xalqasimon Pavilonli
7.1-
rasm. Jamoat binosining hajmiy-rejali tuzilmasi.
7.3. Binoning hajmiy-rejali tuzilmasi
Binoning hajmiy-rejali tuzilmasi – bu bosh va yordamchi xonalarni, ularning
tanlangan o‘lchamlari va shakllarini yagona butun kompozitsiyaga
birlashtirish
tizimidir. Kompozitsion sxemalarning quyidagi asosiy turlari mavjud:
Ixcham sxema xonalar guruhlanishining zalli, atriumli va kombinatsiyalashgan
sxemalari asosida tuziladi.
Chiziqli sxema tarkibiga xonalar guruhlanishining yo‘lakli, galereyali va
anifadali sxemalari kiradi. Ajratilgan sxema xonalar guruhlanishining pavilonli
sxemasi asosida tashkil etiladi.
7.4. Binoning konstruktiv tuzilmasi
Binoning konstruktiv tuzilmasi – binoda aniq vazifalarni bajaruvchi o‘zaro
bog‘langan konstruktiv elementlar (poydevor, devor, orayopma, tom va boshq.)
jamlanmasi.
Konstruksiyalar binoda ikki vazifani bajaradilar: ular binoga tushadigan barcha
yuklamalarni (konstruksiyalarning o‘zini, uskunalar va odamlar og‘irligini) va tashqi
ta’sirlarni (shamol, seysmik tebranishlar va boshq) deformatsiyasiz va buzilishlarsiz
143
ko‘tarishi, shuningdek xonalarni sovuqdan, jaziramadan, yog‘inlardan,
shovqin va
boshqa kuch bilan bog‘liq bo‘lmagan noqulay ta’sirlardan himoya qilishlari lozim.
Shunday qilib, binolar konstruksiyasi
ko‘tarib turuvchi va
to‘suvchi funksiyalarni
bajaradi. Bunda ushbu funksiyalarning birlashishi yoki konstruksiyalarning ko‘tarib
turuvchi va to‘suvchi toifalarga ajratilishi bo‘lishi mumkin.
Jamoat binolari uchun turli konstruktiv sxemalar qo‘llaniladi: temir beton yoki
po‘lat vertikal va gorizontal bog‘lovchi elementli to‘liq karkasdan iborat sxemalar,
ko‘tarib turuvchi bo‘ylama yoki ko‘ndalang devorli to‘liq bo‘lmagan
karkasli
sxemalar.