158
IX-BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI
Maktabgacha ta’lim muassasalariga quyidagilar kiradi:
- bolalar bog‘chasi;
-
umumrivojlantirish turiga mansub va bolalar rivojlanishining
bitta yoki bir
nechta yo‘nalishlari (badiiy-estetik, jismoniy va boshq.) ustuvor bo‘lgan bolalar
bog‘chasi;
- tarbiyalanuvchilarning jismoniy va psixologik
chetlanishlarini tuzatish
(korreksiyalash)ga ixtisoslashtirilgan
kompensatsiyalovchi turdagi bolalar bog‘chasi;
-
nazorat va sog‘lomlashtirish turiga mansub va sanitariya-gigienik, profilaktika
va sog‘lomlashtirish tadbirlar va muolajalar ustuvor bo‘lgan bolalar bog‘chasi;
-
kombinatsiyalangan turdagi bolalar bog‘chasi (uning tarkibiga turli birikmalar
ko‘rinishidagi umum
rivojlantirish, kompensatsiyalovchi va sog‘lomlashtirish
guruhlari kirishi mumkin);
-
bolani rivojlantirish markazi – barcha tarbiyalanuvchilarni jismoniy va
psixologik rivojlantirish, korreksiya va sog‘lomlashtirish yo‘nalishida faoliyat
ko‘rsatadigan bolalar bog‘chasi.
9.1. Maktabgacha ta’lim muassasalarining yer uchastkalari
Maktabgacha ta’lim muassasalari mikrotumanlarning markazida joylashtirilgan
bo‘lib, foydalanish radiusi 300 metrdan ko‘p bo‘lmagan kundalik xizmat ko‘rsatish
muassasalari turiga mansub hisoblanadi. Ularga bo‘lgan
ehtiyoj mikrotuman
aholisining demografik tarkibiga bog‘liq ravishda bajarilgan hisob-kitoblar bilan
aniqlanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining binolaridan “qizil liniya”gacha
masofa 25 metrdan kam bo‘lmasligi lozim. Maktabgacha ta’lim muassasalarining yer
uchastkalari chegarasidan oynalari va kirish yo‘llari bo‘lgan
turar-joy binolari
devorlarigacha masofa 10 metrdan, oynasi va kirish yo‘llari bo‘lmasa – 5 metrdan
kam bo‘lmasligi kerak. Yer uchastkalarining maydoni bitta bolaga 30-40 m
2
hisobidan qabul qilinadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining
yer uchastkalari
quyidagi funksional guruhlarni o‘z ichiga oladi: guruhlarning maydonchalari,
159
badantarbiya maydonchasi, rezavor mevalar tomorqasi, xo‘jalik maydonchasi, daraxt
va gul ekilgan maydonchalar.