166
umummaktab xonalari o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmayotgan vaqtda mikrotuman
uchun ishlashi mumkin.
Asosiy o‘quv xonalarining maydonlari bitta o‘quvchiga to‘g‘ri
keladigan m
2
hisobidan qabul qilinishi lozim.
10.1-
jadval
Xonaning nomlanishi
Bitta o‘quvchiga to‘g‘ri
keladigan maydon, m
2
Sinf xonalari, o‘quv kabinetlari
2,5-3,5
Tabiiy
fanlar
bo‘yicha
laboratoriyalar,
chizmachilik va rasm kabinetlari
2,4
Informatika va hisoblash texnikasi kabineti
6,0
Lingafon kabineti
2,4
Mehnat ta’limi ustaxonalari
6,0
Maktab-internatlardagi yotoqxonalar
4,0
Bunda sinflardagi o‘quvchilar soni 25 taga teng bo‘lishi lozim.
1-4 sinflar uchun o‘quv seksiyalari boshqa yoshdagi guruh o‘quvchilari
uchun
mo‘ljallangan xonalar va kabinetlardan ajratilgan holda, alohida blok ko‘rinishida
loyihalashtiriladi. Ushbu blok tarkibiga sinf xonalaridan tashqari mehnat ta’limi
ustaxonasi, uzaytirilgan kun
guruhlari uchun universal xona, rekreatsiya xonasi va
sanitariya bloki kiritiladi.
5-9 sinflar uchun o‘quv seksiyalari o‘quv kabinetlari va laboratoriyalar bazasida
shakllantiriladi.
O‘quv xonalari quyidagilardan iborat: ishchi zona (tahsil
olayotganlar uchun
o‘quv stollarining joylashuvi), o‘qituvchining ishchi zonasi, ko‘rgazmali o‘quv
qo‘llanmalari va o‘qitishning texnik vositalari (O‘TV)ni
joylashtirish uchun
qo‘shimcha zona, o‘quvchilar yakka tartibda shug‘ullanishi uchun maxsus zona.
Umumta’lim maktablarining asosiy sinf xonalari uchun yorug‘lik bo‘yicha talab
qilingan tomonlar janub va janubi-sharq hisolanadi. Rassomlik, chizmachilik va rasm
kabinetlari uchun yorug‘lik bo‘yicha tavsiya etilgan tomon –shimol.