Biokimyodan laboratoriya mashg’ulotlari 1-mashg’ulot laboratoriya mashg’ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan tanishtirish




Download 397.5 Kb.
bet1/32
Sana13.12.2023
Hajmi397.5 Kb.
#117673
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Biokimyodan laboratoriya mashg printga (2)
Oila tarbiyasi asoslari, 1699013696, Инфографика, 659f95a96ca76 (2)

BIOKIMYODAN LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI


1-MASHG’ULOT
LABORATORIYA MASHG’ULOT DARSIGA KIRISH VA LABORATORIYA TEXNIKASI BILAN TANISHTIRISH

Biokimyo laboratoriyasiga kirishdan oldin talabalar tanani turli hil kimyoviy birikmalardan himoya qilish uchun oq halat va laboratoriya qo’lqopida kirishlari shart.


Biokimyo bo`yicha laboratoriya ishlarini to`g’ri va samarali tashkil etish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur.
1. Reaktivlar bilan ishlash. Ma`lumki, laboratoriya mashg’ulotlarida turli xarakteristikaga ega reaktivlar bilan ishlanadi. Bular bilan ishlash davomida oq xalat kiygan va qo`llarga rezinali qo`lqop kiygan xolatda ishlash zarur. Masalan lizis jarayonlarida qo`llaniladigan natriy ishqori yoki yer ishqoriy metallari gidrooksidlari tana qismlariga tushsa, u erni sezilarli darajada zaralaydi. Bundan tashqari nitrat yoki sul'fat kislotalar kiyimlarni teshishi yoki tana qismlarni o`ta jiddiy zaralashi mumkin.
2. Pipetka va kolbalar bilan ishlash. Laboratoriya jarayonida pipetkalar va kolbalarni to`g’ri qo`llamaslik natijalarga sezilarli ta`sir qiladi. Ayniqsa eritmalarni olayotgan paytda eritmalarga so`lakni tushib ketmasligi va kolba va pipetkalarni shkalalari oralig’iga katta e`tibor berish lozim.
3. Laboratoriya texnikalari bilan ishlash. Laboratoriya texnikalarining asosiy qismi elektr toki bilan ishlashini nazarda tutsak, ularni qanchalik extiyotkorlik bilan foydalanish kerakligini bildiradi. Masalan, tsentrifugadan foydalanish jarayonida uning ustki qismini yaxshi yopmaslik laborant uchun katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. SHuningdek, tsentrifuga ichiga qo`yiladigan xar bir namuna bir xil massaga ega bo`lishi zarur. Aks xolda tsentrifuga buzilishi mumkin.
Shularni xisobga olgan xolda, laboratoriya mashg’ulotlarini amalga oshirish jarayonida tegishli ko`rsatmalar asosida ishni boshlash zarur.
Tarozilar – biokimyoda o’lchanayotgan ob’ektni massasiga qarab turli hil tarozilar qo’llaniladi. Tarozilarni ishlatishda eng asosiysi uni turli joylarga ko’tarib va silkitgan holatda siljitish mumkin emas. Bunda uning funksiyasi buzilishi mumkin.
Quritgich – bu uskuna nam bo’lgan turli laboratoriya asbob-anjomlarni va namunalarini quritish uchun qo’llaniladi. Uskunani ishlab bo’lgandan so’ng o’chirishni unutmang.
Termometr – mazkur qurilma asosan biokimyoviy reaksiyalar uchun kerakli bo’lgan reaksiya haroratini belgilangan muddatda saqlab turish vazifasini bajaradi. Bu uskuna bilan ishlashda uning haroratni belgilovchi tugmasini tegishli temperaturaga olib boorish bilan olib boriladi. Uskunani ishlab bo’lgandan so’ng o’chirishni unutmaslik lozim.
pH metr – ushbu uskuna laboratoriya uchun muhim uskuna hisoblanib, biokimyoviy jarayonlar uchun kerakli pH muhitini yuzaga keltirishda qo’llaniladi. Bunda doimiy aralashtirgich bilan kislotali yoki ishqoriy eritma qo’shish orqali kerakli muhit hosil qilinadi.
Setrifuga – setrifugalar odatda eritmalarni fraksiyalarga ajratish uchun qollaniladigan uskunalardir. Ularning ish mexnizmi eritmalarni markazdan qochma kuch ishtirokida turli qismlarga ajratishdan iboratdir. Bunda og’ir massaga massa cho’kmaga tushadi. Bu biologik ob’ektlardan ajralgan massa bo’lsa uni biomassa deb nomlanadi. Setrifuganing asosiy ichi organi qurilmaning markazida joylashgan rotordir. Rotorda namunalarni qo’yish uchun maxsus joylar mavjud. Shuni aloxida ta’kidlash lozimki rotorga namunalarni joylashtirishdan oldin ularni massasini bir hil ekanligini tekshirib ko’rish zarurdir. Aks holda, rotorning muvozanati buzilib qurilmani ishdan charishi mumkin. Shuningdek, qurilmani ishga solishdan oldin uni tashqi tomonida qancha vaqt mobaynida va qancha tezlikda aylanishini belgilovchi tugmachalarni belgilangan ko’rsatkichlarga qo’yish lozim. Eng asosiysi qurilmani og’zini yopishni unutmaslik kerak.
Fotokalorimetrlar – ushbu uskunalar namunadagi modda miqdorini uning optic zichligiga nisbatan o’lchashga asoslangan. Laboratoriyada tekshirilayotgan namunani hossalariga qarab fotokalorimetr ko’rsatkichlari o’zgartiriladi. Masalan oqsil miqdorini Louri usulida o’lchashda fotokalorimetrning nur ko’rsatkichi 750 nm gat eng bo’ladi

Download 397.5 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Download 397.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biokimyodan laboratoriya mashg’ulotlari 1-mashg’ulot laboratoriya mashg’ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan tanishtirish

Download 397.5 Kb.