Biokimyodan laboratoriya mashg’ulotlari 1-mashg’ulot laboratoriya mashg’ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan tanishtirish




Download 397,5 Kb.
bet6/32
Sana13.12.2023
Hajmi397,5 Kb.
#117673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Biokimyodan laboratoriya mashg printga (2)

3-MASHG’ULOT
OQSILLARNI TOZALASH USULLARI
Kerakli asboblar va reaktivlar: Sefadeks geli G-100 (Pharmacia, Swetsiya), 0.01 M tris-HCl buferi, DEАE-TOYOPEARL 650 M (TOYO SODA Manufacturing Co. LTD, Yaponiya) ion almashinuv smolasi, natriy xlorid eritmasi, ammoniy sulfat tuzi
Oqsillarni ajratib olish murakkab biokimyoviy jarayon hisoblanib, unda turli tozalik darajasidagi oqsillarni ajratib olish va tozalash mumkin. Bu jarayonlar mumkin qadar past haroratda va optimal pH muhitida olib borilishiga e’tibor berish lozim. Oqsillarni tozalashda ko’p hollarda gel va ion almashinuv xromatografiya usullari keng qo’llaniladi.
Gel filtratsiya bu shishgan gel kolonkasidan oqsil molekulalarini massasiga ko’ra yuvilib chiqishiga asoslangan. Bunda og’ir massaga ega bo’lgan oqsil molekulasi birinchi bo’lib ajralib chiqadi. Bu jarayonni olib borish quyidagi tartib asosida boradi. Dastlab oqsil namunasi ammoniy sulfat tuzi ishtirokida cho’kmaga tushiriladi. Mazkur jarayon bilan parallel ravishda sefadeks geliga kerakli pH muhitiga ega bo’lgab bufer eritmasi qo’shiladi. Keyingi bosqichda supernatantda erigan oqsil aralashmasi turli tezlikda kolonka orqali yuviladi yoki elyuirlanadi. Natijada turli molekulyar massaga ega bo’lgan oqsil fraksiyalari ajralib chiqadi. Turli fraksiyalarga ega bo’lgan oqsil miqdorini Louri usuli yordamida aniqlash mumkin.
Keyingi bosqichda oqsilni tozalash ion almashinuv usuli bilan olib boriladi. Buning uchun dastlab ion almashinuv xromatografiyasi uchun kolonka tanlanadi (masalan 1x10 sm). Keying bosqichda kolonka oldindan ion almashinuv xromatografiyasida keng qo’llaniluvchi tris-HCl (pH tanlanadi) buferida saqlangan ion almashinuv smolasi (masalan DEAE-TOYOPEARL 650 M TOYO SODA Manufacturing Co. LTD, Yaponiya) bilan to’ldiriladi. To’ldirilgan kolonka orqali buferda eritilgan namuna yuviladi. Bunda smola bilan bog’ hosil qilgan oqsil molekulalarini tashuvshidan ozod qilish maqsadida NaCl ning 1.0M eritmasi yuboriladi. Bunda oqsilni elyuirlash tezligi 40 ml/soat gacha ko’tariladi. Sorbentdan ajratib olingan oqsilni kelgusida turli ilmiy va ishlb chiqarish maqsadlarida qo’llash mumkin.

Download 397,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Download 397,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biokimyodan laboratoriya mashg’ulotlari 1-mashg’ulot laboratoriya mashg’ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan tanishtirish

Download 397,5 Kb.