|
Oqsillarning izoelektrik nuqtasini aniqlash
|
bet | 8/32 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 397,5 Kb. | | #117673 |
Bog'liq Biokimyodan laboratoriya mashg printga (2)Oqsillarning izoelektrik nuqtasini aniqlash
Kerakli reaktiv va asboblar: 1. O'simlik oqsili yoki jelatinaning 1% li eritmasi; 2. 0,1 va 1 n li asetat kislota eritmasi; 3. 0,2 n li asetat kislotaning natriyli tuzi; 4. 96% li etanol; 5. Pipetkalar; 6. Probirkalar; 7. Shtativ.
Ma'lumki, polipeptid zanjirida aminokislotalar bir-biri bilan amino- va karboksil gruppalari orqali birikkan bo'ladi. Ammo, uning tarkibida ma'lum miqdorda ishqor xususiyatli erkin amino- va kislota xususiyatiga ega bo'lgan erkin karboksil gruppalar mavjud. Oqsil molekulasida shu gruppalarning bo'lganligidan, ular amfoter xossaga ega bo'ladi, ya'ni oqsil eritmasi ikki xil zaryad ( Q ) va ( - ) li bo'ladi.
Agar n>m bo'lsa, oqsil zarrachasining yig’indi zaryadi manfiy, agar nAgar oqsil eritmasiga suyultirilgan kislota qo'shilsa, oqsil musbat zaryadlanib, elektromagnit maydonida katod tomon boradi.
Bipolyar Kation
Oqsil ioni
Agar oqsil eritmasiga ozroq miqdorda ishqor qo'shsak, oqsil tarkibidagi asosli gruppalarning dissosiyalanishi kamayib, u manfiy zaryadga ega bo'ladi va elektromagnit maydonida anod tomonga harakat qiladi.
Bipolyar Anion
Oqsil ioni
Demak, muhit pH ni o'zgartirish bilan oqsil molekulasi zaryadlarini ham o'zgartirish mumkin. Ammo, eritma pH ko'rsatkichining ma'lum chegarasida muayyan oqsil molekulasining umumiy zaryadi neytral bo'lib qolishi ham mumkin. Bunday paytda, oqsil na anod, na katod tomonga harakatlanmasdan qoladi. Bu holatni izoelektrik holat yoki bu pH ko'rsatkichni i z o e l e k t r i k n u q t a deb ataladi. Oqsillar izoelektrik nuqtada beqaror bo'ladi va osonlikcha cho'kmaga tushadi. Shunga asoslanib, turli biologik aralashmalardan oqsillarni ajratib olishda ularni izoelektrik nuqtasida cho'ktirish eng qulay usul hisoblanadi.
Oqsillarning izoelektrik nuktasini aniqlashni jelatina misolida ko'rish mumkin.
Ishning bajarilishi. Buning uchun 6 ta toza yuvilib quritilgan probirka olib, ularning har biriga jadvalda ko'rsatilgandek eritmalar aralashmasadan quyiladi.
1-jadval
Jelatinaning izoelektrik nuqtasini aniqlash
Probirkalardagi eritmalar aralashmasining umumiy hajmi bir xilda, ya'ni 8 ml ga teng. So'ngra 4-probirkadagi aralashma ustiga chayqatganda ham sezilar - sezalmas loyqa hosil bo'lguncha 96% li spirtdan sekin-asta tomiziladi. Qolgan probirkalarga ham xuddi 4-probirkaga solingan miqdorda spirt quyiladi va 20—30 daqiqa tinch saqlanadi. So'ngra probirkalarda hosil bo'lgan loyqa darajasi aniqlanadi. Qaysi bir probirkada kuchli loyqa hosil bo'lgan bo'lsa, o'sha probirkadagi muhitning pH i jelatinaning izoelektrik nuqtasiga tegishli bo'ladi va jadvalning oxirgi katagiga plyus (Q) yoki minus ( - ) belgilari qo'yiladi. Qaysi bir probirkada quyuq loyqa kuchli hosil bo'lgan bo'lsa, 2 ta yoki Z ta plyus belgisini ham qo'yish mumkin. Olingan natijalar daftarga yozib qo'yiladi va tegishli xulosa chiqariladi.
|
| |