• Kerakli anjomlar
  • Biokimyodan laboratoriya mashg’ulotlari 1-mashg’ulot laboratoriya mashg’ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan tanishtirish




    Download 397,5 Kb.
    bet10/32
    Sana13.12.2023
    Hajmi397,5 Kb.
    #117673
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
    Bog'liq
    Biokimyodan laboratoriya mashg printga (2)

    Tekshiriluvchi material: gidrolizlangan aminokislota aralashmasi.
    Reaktivlar: tirozinning 0,4% li eritmasi, glutamin kislotaning 0,6% li eritmasi, leysinning 0,5 % li eritmasi, ningidrinning asetondagi 0,2 % li eritmasi va yuqoridagi aminokislotalar aralashmasi, erituvchi sistemalari 15:15:10 nisbatda olingan butil spirti, sirka kislota va suv aralashmasi.
    Kerakli anjomlar: xromatografiya filtr qog'ozi, Petri kosachasi, xromatogrammalarni ilish uchun moslama, purkagich, 105°C li quritgich shkaf, qaychi, skalpellar, shisha tomizgichlar, qalin nina.
    Bajariladigan ish tartibi. Xromatografiya usuli bilan aminokislotalarni ajratish uchun ishlatiladigan kameralar 6-rasmda keltirilgan (yuqoriga, pastga va aylana harakatlanadigan aminokislotalar xromatografiyasi).
    1. Xromatografiya filtr qog'ozidan 11x11 sm li to'rtburchaklar yasaladi. To'rtburchak oddiy qora qalam bilan to'rt qismga bo'linadi. Chiziqlar kesishgan nuqtadan radiusi 10 mm bo'lgan aylana chiziladi. To'rtburchakning tomonlari tartib raqamlari bilan belgilanadi. Shundan so'ng xromatografiya qog'ozi Petri kosachasiga (7-rasmdagi kabi) o'rnatiladi. Uning chetlari Petri kosachasining ustida bo'lishi kerak.
    2. Har qaysi bo'linmaga ingichka tomizgich yordamida aminokislota va ularning aralashmasi ehtiyotlik bilan tomiziladi (8-rasm). Erituvchilarning shimilishi uchun xromatografiya qog'ozining o'rtasidagi teshikchaga filtr ustunchasi o'rnatiladi. Xromatografiya kamerasiga shu teshikcha orqali qalin nina bilan 10—15 ml erituvchi solinadi. Idishning tubi erituvchi bilan to'ldirilgan bo'lishi kerak. Kamera qopqoq bilan berkitiladi. Filtr ustuncha orqali erituvchi sekin-asta xromatografiya qog'ozining yuqorisiga qarab yo'naladi. Erituvchi xromatogramma chegarasiga yaqinlashganda jarayon tugatiladi, erituvchi yetgan chegara qalam bilan belgilanadi. Shundan keyin xromatogramma maxsus moslamaga joylashtirilib, 100—120°C li quritgich shkafda quritiladi, shunda ajralgan aminokislotalar qog'ozga o'rnashadi. Quritish jarayoni 5—10 daqiqa, ya'ni erituvchining hidi atrofga tarqalguncha davom ettiriladi. Quritilgan xromatogramma aminokislotalarni aniqlash uchun ningidrin eritmasi purkaladi va yana quritiladi. Natijada aminokislotalar o'rnashgan joyda dog' hosil bo'ladi (3-rasm).

    3-rasm.
    Aminokislotalarning aylana (doira) xromatogrammasi.
    3. Har qaysi aminokislotaning «Rf» si topiladi va sinama aminokislota bilan aralashmadagi aminokislota solishtiriladi.

    Download 397,5 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




    Download 397,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biokimyodan laboratoriya mashg’ulotlari 1-mashg’ulot laboratoriya mashg’ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan tanishtirish

    Download 397,5 Kb.