|
Biokimyodan laboratoriya mashg’ulotlari 1-mashg’ulot laboratoriya mashg’ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan tanishtirish
|
bet | 13/32 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 397,5 Kb. | | #117673 |
Bog'liq Biokimyodan laboratoriya mashg printga (2)b) NINGIDRIN REAKSIYASI
K e r a k l i r ye a k t i v v a a s b o b l a r : 1. Oqsil eritmasi. 2. 0,1% li glisin eritmasi. 3. 0,2% li ningidrin eritmasi; 4. Probirkalar; 5. Pipetkalar. 6. Shtativ. 7. Elektr plitka yoki gaz gorelka.
Oqsillar, α- aminokislotalar va politeptidlar ningidrin bilan o'zaro reaksiyaga kirishib, zangori yoki binafsha rangli birikmalar hosil qiladi. Aminokislotalarning ningidrin bilan o'zaro ta'sir reaksiyasi tubandagi tenglamaga muvofiq sodir bo'ladi:
Ningidrin Qaytarilgan ningidrin ( diketooksigidrinden)
Qaytarilgan ningidrin va ammiak yana bir molekula ningidrin bilan o'zaro birikib, zangori-binafsha rangli birikma hosil qiladi:
Chingidrin Diketooksigidrinden Ko'k binafsha rangli birikma
Ishning bajarilishi. Probirkaga 1—2 ml glisin eritmasi olinib, uning ustiga 5—6 tomchi ningidrin reaktividan tomiziladi va sekin-asta qizdiriladi. Qizdirish natijasida binafsha rang hosil bo'ladi. U keyinchalik zangorn rangga o'tishi mumkin.
Shunday reaksiyani oqsil eritmasi bilan ham o'tkaziladi. Buning uchun probirkaga 1—2 ml oqsil eritmasidan olib, uning ustiga 5—6 tomchi ningidrin reaktividan qo'shib qizdiriladi, natijada binafsha rang hosil bo'ladi. Zangori-binafsha rangning hosil bo'lishi α - aminokislotalarning borligini ko'rsatadi. Olingan natija daftarga yozib boriladi.
v) KSANTOPROTEIN REAKSIYASI
Kerakli reaktiv va asboblar: 1. Oqsil eritmasi; 2. 0,1% li fenol eritmasi; 3. Qonsentrlangan nitrat kislota; 4. 20% li natriy gidroksid yoki ammiak eritmasi; 5. 1% li jelatina; 6. Pipetkalar; 7. Shtativ; 8. Elektr plitka yoki gaz gorelka; 9. Pro-birkalar.
Oqsil eritmasini konsentrlangan nitrat kislota bilan qo'shib qizdirilsa, sariq rang ?osil bo'ladi. Shu sariq rang ustiga ozroq ammiak yoki natriy gidroksid eritmasidan qo'shsak, probirkada zarg’aldoq rang oqsil bo'ladi. «Ksantos» yunoncha so'z bo'lib, «sariq» degan ma'noni bildiradi. Shuning uchun bu reaksiyaga ksan-toprotein nomi berilgan. Kuchli nitrat kislotaning teriga, tirnoqqa, junga va boshqa xildagi oqsil tutuvchi moddalarga tushgan paytida ham sariq rang hosil bo'ladi.
Oqsil eritmasi (tarkibida tirozin, fenilalanin yoki triptofan aminokislotalari bo'lsa) konsentrlangan nitrat kislota bilan qizdirilganda sariq rang hosil bo'ladi:
Tirozin Nitratirozin (sariq rang)
Ishniig bajarilishi. Z ta yuvilgan toza probirka olib, ularning biriga fenol eratmasidan, ikkinchisiga oqsil eritmasidan, uchinchisiga asa jelatindan 1 ml dan solinadi. Keyinchalik har bir probirkaga 1 ml dan konsentrlangan nitrat kislota qo'shib, asta-sekin qizdiriladi. Natijada oqsil va fenolli probirkalarda rang hosil bo'ladi. Probirkalardagi aralashmalar ustiga ammiak yoki natriy gidroksid qo'shsak, birinchi va ikkinchi probirkalardagi sariq rang, zarg'aldoq ko'rinishga o'tadi. Uchinchi probirkada asa bu holat kuzatilmaydi. Bu asa jelatina tarkibida yuqorida bayon etilgan amanokislotalarning yo'qligini ko'rsatadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Biokimyodan laboratoriya mashg’ulotlari 1-mashg’ulot laboratoriya mashg’ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan tanishtirish
|