• 7-MASHG’ULOT (4-SOAT) OQSILLARGA VA AMINOKISLOTALARGA SIFAT REAKSIYALAR
  • Ishning bajarilishi.
  • -rasm. Louri usulida oqsil miqdorini aniqlash usuli kalibrlovchi egri chiziq




    Download 397,5 Kb.
    bet12/32
    Sana13.12.2023
    Hajmi397,5 Kb.
    #117673
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
    Bog'liq
    Biokimyodan laboratoriya mashg printga (2)

    1-rasm. Louri usulida oqsil miqdorini aniqlash usuli kalibrlovchi egri chiziq.

    Biuret usuli. Barcha oqsillar ishqoriy muhitda mis (II) sulfat eritmasi bilan binafsha rangli birikma hosil qiladi. Eritmaning rangi oqsil miqdoriga to’gri proporsional. Bo’yalgan eritma kalorimetrlanadi, topilgan eritma zichligiga ko’ra avvaldan tayyorlangan o’lchov egri chizig’idan oqsil miqdori topiladi.




    7-MASHG’ULOT (4-SOAT)
    OQSILLARGA VA AMINOKISLOTALARGA SIFAT REAKSIYALAR

    Oqsil va aminokislotalarning sifat va miqdorini aniqlashda ularda sodir bo'ladigan rangli reaksiyalardan keng foydalaniladi. Bu reaksiyalar ikki gruppaga bo'linib o'rganiladi. - 1. Oqsil tarkibidagi har xil ximiyaviy bog’lar borligidan yuzaga chiqadigan rangli reaksiyalar. 2. Aminokislotalarning funksional gruppalari bilan yuzaga chiqadigan rangli reaksiyalar.


    a) BIURET REAKSIYASI
    Kerakli reaktiv va asboblar: 1. Oqsil eritmasi. 2. karbamidning quruk holdagisi. 3. 10% li natriy gidroksid eritmasi. 4. 1 % li mis sulfat eritmasi. 5. Probirkalar. 6. Pipetkalar. 7. Shtativ. 8. Elektr plitka yoki gaz gorelka.
    Oqsil eritmasi ishqoriy muhitda mis sulfat ionlari bilan pushti-binafsha yoki ko'k-binafsha rang beradi. Rangning hosil bo'lishi, oqsil molekulasidagi peptid bog'larining mis ionlari bilan hosil qiladigan kompleksiga bog'liq.
    Biuret reaksiyasini oqsilning to'la parchalanmasligi natijasida hosil bo'ladigan pepton va polipeptidlar ham beradi. Bunday rangli reaksiyani karbamid (mochevina) ni qizdirgan paytda hosil bo'ladigan biuret ham beradi. Reaksiya quyidagi tenglamaga muzofiq boradi:

    Karbamid

    Biuret
    Biuret reaksiyasi paytida hosil bo'ladigan kompleksning rangi peptid zanjirining uzunligiga qarab har xil bo'lishi mumkin. Masalan, to'rtta aminokislota qoldig'idan iborat polipeptid beradigan kompleks qizil, tripeptid-binafsha rang va, nihoyat, dipeptid ko'k rang beradi.
    Biuret reaksiyasini o'z molekulasida — CS — NH — yoki — CH — NH — guruhi bo'lgan birikmalar va shuningdek, aminokislotalardan gistidin, amidlardan asparagin ham beradi. Biuret reaksiyasining rangi eritmadagi mis ionlari miqdoriga qarab o'zgaradi, ya'ni mis sulfat eritmasi ko'proq qo'shilsa ko'k rang, kamroq qo'shilsa pushti rang hosil bo'ladi.
    Ishning bajarilishi. Ishni bajarish uchun yaxshi yuvilib quritilgan probirkaga karbamid kukunidan ozroq solib, elektr yoki gaz plitkada qizdiriladi. Qizdirish natijasida karbamid suyuq holatga o'tadi. Agar qizdirishni davom ettirsak, u yana qotadi. Karbamidning qattiq holatga o'tishi bilan qizdirish to'xtatiladi. Karbamidning qizdirilish paytida biuret hosil bo'ladi, ammiak esa havoga chiqib ketadi. Ammiakning chiqishini uning hididan bilish mumkin.
    Probirka sovigach, unga 1 ml natriy gidroksid eritmasi solib chayqatiladi va 1—2 tomchi mis sulfat eritmasidan tomizilib aralashtiriladi. Natijada probirkadagi eritma pushti rangga o'tadi. Mis sulfatni qo'shishda ehtiyot bo'lish kerak. Agar undan ko'proq qo'shilsa, eritma ko'k-havo rangga o'tib ketishi mumkin.
    Bu ishni o'simlik oqsili bilan ham olib borish mumkin. Buning uchun probirkaga o'simlik oqsilidan solib, uning ustiga 1 ml natriy gidroksid eritmasi tomizib chayqatiladi. So'ngra 1—2 tomchi mis sulfat qo'shib, eritma asta-sekin aralashtiriladi. Probirkada binafsha rang hosil bo'ladi.
    Olingan natijalar asosida zaruriy xulosa chiqariladi.

    Download 397,5 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




    Download 397,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Louri usulida oqsil miqdorini aniqlash usuli kalibrlovchi egri chiziq

    Download 397,5 Kb.