• Reaktivlar va kerakli anjomlar
  • Biokimyodan laboratoriya mashg’ulotlari 1-mashg’ulot laboratoriya mashg’ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan tanishtirish




    Download 397,5 Kb.
    bet15/32
    Sana13.12.2023
    Hajmi397,5 Kb.
    #117673
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
    Bog'liq
    Biokimyodan laboratoriya mashg printga (2)

    9-MASHG’ULOT
    FERMENTLARNING YUQORI TEMPERATURA TA'SIRIDA INAKTIVATSIYAGA UCHRASHI. FERMENTLARNING SPETSIFIKLIGI

    Ma’lumki har bir ferment o’ziga hos optimal haroratga ega. Odatda harorat ortishi bilan fermentativ reaksiya tezligi bir necha barobar ortadi. Ammo ferment oqsil tabiatiga ega bo’lganligi uchun yuqori haroratda denaturatsiyaga uchraydi va o’z faolligini yo’qotadi. Mazkur laboratoriya mashg’ulotida ob’ekt sifatida amilaza fermentini qo’llash qulaydir.


    Reaktivlar va kerakli anjomlar: kaliy yodidning 1%li eritmasi, kraxmalning 1%li eritmasi va distillangan suv. Stativ va probirkalar, pipetkalar, suv hammomi yoki termostat.
    Ishning olib borish tartibi. 9 ta toza probirka olinib ularning har biriga kraxmalning 1%li eritmasidan 0.5 ml dan solib chiqiladi. Substrat solib bo’lingach har bir probirkalarga 0.5 ml dan amilazaning 1% li eritmasi qo’shiladi. Mazkur jarayon tugagach har bir probirka belgilangan haroratda 10 daqiqa davomida inkubatsiyalanadi (1-jadvalga qarang).



    Probirkalar

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    8

    9

    Harorat, C

    20

    30

    40

    50

    60

    70

    80

    90

    100

    Kraxmal eritmasi, ml

    0,5

    0,5

    0,5

    0,5

    0,5

    0,5

    0,5

    0,5

    0,5

    Amilaza eritmasi, ml

    0,5

    0,5

    0,5

    0,5

    0,5

    0,5

    0,5

    0,5

    0,5

    Inkubatsiya vaqti, min

    10

    10

    10

    10

    10

    10

    10

    10

    10

    Kaliy jodid bilan hosil qilgan rangi




























    Inkubatsiya vaqti tugagach har bir probirkadan namunalar olinib unga kaliy jodid eritmasi tomchilatadi. Bunda k’ok yoki och ko’k rang hosil bo’lmasa ferment o’z faolligini namoyon qilib, kraxmalni parchalagan ya’ni denaturatsiya uchramagan bo’ladi. Agar kaliy jodid eritmasi tomizilganda ko’k rang hosil bo’lsa, u ferment denaturatsiyaga uchraganligini anglatadi. Olingan natijalar daftarga yozib qo’yiladi.


    Fermentlarning yana bir hossasi spetsifiklik bo’lib, u fermetlarni o’ziga hsligi deb ham yuritiladi. Spetsifiklikning mohiyati shundan iboratki, ferment muhitdagi minglab substratlar ichidan faqatgina biror substratga tanlab ta’sir qiladi. Spetsifiklikni stereokimyoviy, guruh, nisbiy va mutloq turlari farqlanadi. Mazkur laboratoriya mashg’uloti uchun ob’ekt sifatida so’lak amilazasini tanlab olish maqsadga muvofiqdir.
    So’lak amilazasini substratga nisbatan tanlovchanligini turli hil substratga ko’rsatgan ta’siriga ko’ra aniqlash mumkin. Substrat sifatida kraxmal, saxarozani tanlab olish mumkin. Amilaza kraxmalni dastlab dekstrinlarga, keyinchalik maltozagacha parchalaydi. Kraxmalni parchalanish darajasini uni jod bilan hosil qiladigan rangi orqali ajratib olish mumkin. Kraxmal yod blan ko’k rang hosil qilsa, dekstrinlar binafsha yoki qoramtir rang hosil qiladi. Kraxmalni ohiri parchalanish mahsuloti maltoza jod eritmasi bilan rang hosil qilmaydi. Hosil o’lgan maltozani Trommer reaksiyasi bo’yicha aniqlash mumkin. Mazkur reaksiya maltoza tarkibidagi aldegid guruhlarni aniqlash imkonini beradi.
    Tekshiriluvchi material: 1:10 nisbatda suyultirilgan so’lak amilazasi.
    Reaktivlar: kraxmalning 1%li eritmasi, saxarozaning 1% li eritmasi, natriy gidroksidning 10%li eritmasi, mis sulfatning 1%li eritmasi, kaliy yodidning 1% li eritmasi, distillangan suv.
    Kerakli anjomlar: probirkalar, pipetkalar, termostat, suv hammomi.
    Ishning bajarilish tartibi: uchta toza probirka tanlab olinadi va ularning ha biriga so’lak amilazasidan 1ml dan solib chiqiladi. Keyingi bosqichda birinchi probirkaga 1 ml kraxmal, ikkinchisiga 1 ml saxaroza va uchinchisiga 1 maltoza distillangan suv qo’shiladi. Aralashma yahshilab aralashtirilib 10-15 daqiqa 37C li termostat yoki suv hammomida saqlanadi.
    Probirkadagi suyuqliklar bilan yod va Trommer reaksiyalari o’tkaziladi. Olingan natijalar quyidagi jadval asosida rasmiylashtiriladi. Amilaza qaysi substratga ta’sir etganligi aniqlanadi va tegishli hulosa chiqariladi.


    Download 397,5 Kb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




    Download 397,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biokimyodan laboratoriya mashg’ulotlari 1-mashg’ulot laboratoriya mashg’ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan tanishtirish

    Download 397,5 Kb.