• 16-MASHG’ULOT LIPIDLARGA XOS RANGLI REAKTSIYALAR
  • KRAXMALNING KISLOTA TA'SIRIDAN GIDROLIZLANISHI




    Download 397,5 Kb.
    bet23/32
    Sana13.12.2023
    Hajmi397,5 Kb.
    #117673
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
    Bog'liq
    Biokimyodan laboratoriya mashg printga (2)

    KRAXMALNING KISLOTA TA'SIRIDAN GIDROLIZLANISHI
    Kerakli reaktiv va asboblar: 1.1% li kraxmal eritmasi; 2. Feling suyuqligi; 3. 10% li sulfat kislota; 4. yod eritmasi; 5. Stakan; 6. Probirkalar; 7. Pipetkalar; 8. Suv hammomi; 9. Elektr plitka yoki gaz gorelka.
    Ishning bajarilishi. Uchta stakan olib, ularning har biriga 20 ml dan kraxmal eritmasidan solinadi. So'ngra birinchi stakanga 5 ml distillangan suv, qolgan ikkitasiga esa 5 ml dan 10% li sulfat kislotadan solib, uchala stakan ham qaynayotgan suv hammomida 10 daqiqa tutiladi. qeyin stakaplar suv hammomidan olinib, vodoprovod tagida sovitiladi. Kislota solingan stakanlardan bittasi ishqor bilan neytrallanadi. So'ngra har qaysi stakandagi aralashmadan 1 ml dan olib, unga yod eritmasi ta'sir ettiriladi.
    Birinchi stakandagi kislotasiz aralashma yod bilan ijobiy reaksiya beradi. Ikkinchi va uchinchi stakanlardan olingan aralashmalar esa yod bilan reaksiya bermaydi. Aralashmalarning yod bilan reaksiya bermasligi, kraxmalning parchalanganligini ko'rsatadi. Kraxmalning parchalanganligiga ishonch hosil kilish uchun Trommer va Feling suyuqligi bilan reaksiyalar o'tkaziladi. Bundan kislota solingan stakanlarda kraxmalning parchalanishi natijasida maltoza va glyukozaning hosil bo'lganligi haqida fikr yuritish mumkin.


    16-MASHG’ULOT
    LIPIDLARGA XOS RANGLI REAKTSIYALAR
    Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, yog'lar suvda mutlaqo erimaydi, ammo oddiy sharoitda spirtda qiyin, issiq spirtda esa yaxshi eriydi. Benzol, efir, xloroform, benzin va boshqa bir qancha organik erituvchilar yog'lar uchun eng yaxshi erituvchi hisoblanadi.
    Yog'lar suvda erimasdan, u bilan aralashib emulsiya hosil qiladi. Ammo hosil bo'lgan emulsiya turg'un bo'lmaydi. Agar yog' va suv aralashmasi ustiga ozroq miqdorda emulgator qo'shib chayqatilsa, turg'un emulsiya hosil bo'ladi. Turg'un emulsiya hosil bo'lishiga olib keluvchi emulgatorlar uchun misol tariqasida oqsil, sovun, soda, ishqor eritmalarini ko'rsatish mumkin.

    Download 397,5 Kb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




    Download 397,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    KRAXMALNING KISLOTA TA'SIRIDAN GIDROLIZLANISHI

    Download 397,5 Kb.