• Ishning bajarilishi.
  • KRAXMALNI AMILAZA TA'SIRIDA GIDROLIZ QILISH




    Download 397,5 Kb.
    bet22/32
    Sana13.12.2023
    Hajmi397,5 Kb.
    #117673
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
    Bog'liq
    Biokimyodan laboratoriya mashg printga (2)

    KRAXMALNI AMILAZA TA'SIRIDA GIDROLIZ QILISH
    Kerakli reaktiv va asboblar: 1.Ferment shirasi; 2. Suyultirilgan so'lak aralashmasi; 3. 1% li kraxmalning 0,3% li osh tuzidagi eritmasi; 4. yodning kaliy yodiddagi eritmasi; 5. Feling suyuqligi; 6. Probirkalar; 7. Pipetkalar; 8. Suv hammomi; 9. Voronka; 10. Filtr qog'ozi; 11. Stakan; 12. Termometr; 13. Shisha tayoqcha; 14. Shisha plastinka; 15. Shtativ.
    Kraxmal (C6H10O5) — uglevodlar orasida eng muhim ahamiyatga ega bo'lgan polisaxaridlardan biri bo'lib, oziq-ovqat mahsulotlarining un, guruch, kartoshka va boshqalar asosini tashkil etadi. Hayvon organizmida kraxmal so'lak tarkibidagi a m i l a z a deb ataluvchi ferment ta'sirida maltozagacha parchalanadi. Kraxmalning parchalanishi bir necha reaksiyalardan iborat bo'lib, u ovqat hazm qilish kanallarida shakargacha parchalanib, ichak orqali qonga o'tadi.
    Amilaza fermenti donli o'simliklar urug'larining unish paytida ko'p miqdorda hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan ferment urug' tarkibidagi kraxmalni maltozagacha parchalaydi.
    amilaza

    Kraxmal Maltoza
    Kraxmal yuqori molekulali polisaxarid bo'lib, o'zida erkin aldegid turkumini tutmaydi. Shuning uchun ham, u Trommer va Felint reaksiyalarini bermaydi. Ammo, kraxmalning amilaza fermenti ta'sirida parchalanishidan hosil bo'lgan maltoza, Trommer va Feling reaktivlari bilan ijobiy reaksiya beradi.
    Kraxmal parchalanishidan hosil bo'lgan va o'zining ximiyaviy tuzilishi jihatidan kraxmalga yaqin bo'lgan dekstrinlar, yod eritmasi bilan ko'k rang beradi. Parchalanish jarayonida ximiyaviy tuzilishi jihatidan kraxmaldan uzoq bo'lgan dekstrinlar ham hosil bo'ladi, ammo ular yod eritmasi bilan qiizil-qo'ng'ir rang beradi. Kraxmal parchalanishida maltozaga yaqin past molekulyar moddalar ham hosil bo'ladi, lekin ular yod bilan rangli reaksiya bermaydi.
    Kraxmalning parchalanish reaksiyasini so'lak tarkibidagi amilaza fermenti yordamida kuzatish mumkin. So'lak tarkibida amilaza fermentidan tashqari, maltozani parchalovchi m a l t a z a fermenti ham bo'ladi. Maltozaning ferment ta'sirida parchalanish reaksiyasini quyidagicha ifodalash mumkin:
    maltaza

    Maltoza Glyukoza
    Hosil bo'lgan glyukoza Trommer reaksiyasi yoki Feling suyuqligi yordamida aniqlanadi.
    Kraxmalni kislota yordamida gidrolizga uchratish yo'li bilan ham glyukoza hosil qilish mumkin. Ammo glyukoza hosil bo'lishida ayrim farqlar bor: 1. Agar ferment ishtirokida boradigan reaksiyalar past haroratda — 40°S atrofida borsa, anorganik katalizator yordamida boradigan reaksiyalar ancha yuqori harorat ostida boradi. 2. Fermentlar o'ziga xoslikka ega, ya'ni har bir ferment ma'lum bir ximiyaviy moddaga ta'sir qiladi, masalan, amilaza fermenti kraxmal va unga yaqin bo'lgan glikogenga ta'sir qilib, ularni maltozagacha parchalaydi. Kislotalar esa faqat kraxmalni glyukozagacha parchalabgina qolmay, balki oqsil molekulasini ham parchalaydi. 3. Fermentlar muhitdagi vodorod ionlari konsentrasiyasiga nisbatan sezuvchan — o'zgaruvchan bo'ladi.
    Ishning bajarilishi. Ikkita probirka olib, ularga 5 ml kraxmal eritmasidan solinadi. So'ngra probirkalardan biriga 3 ml distillangan suv, ikkinchisiga 3 ml suyultirilgan so'lak yoki ferment shirasidan qo'shib 37°S li suv hammomiga qo'yiladi va vaqt-vaqti bilan shisha tayoqcha bilan aralashtirib turiladi. Ikkita shisha plastinka olib, ularning ustita (5—6 joyga) yod eritmasidan 1—2 tomchidan tomiziladi. Vaqt-vaqti bilan probirkalardagi aralashmadan 1 tomchidan olib, shisha plastinkadagi yod tomchilar i ustiga tomizib turiladi.
    Reaksiyaning dastlabki davrlarida har ikkala probirkadan olingan aralashma tomchilari yod bilan ko'k rang beradi. Oradan 15—20 daqiqa o'tishi bilan ikkinchi probirkadan olingan aralashma tomchisi yod bilan qizil-qo'ng'ir rang beradi. Ma'lum vaqt o'tishi bilan esa aralashma yod bilan hech qanday rang bermaydi. Birinchi probirkadan olingan aralashma tomchisi esa butun tajriba davomida yod bilan ko'k rang beradi.
    Ikkinchi probirkadan olingan aralashma tomchisining yod eritmasi bilan bo'yalmasligi, kraxmalning amilaza fermenti ta'sirida, maltozagacha parchalanganligidan dalolat beradi. Maltozaning hosil bo'lganligini Trommer va Feling suyuqligi bilan reaksiyalar o'tkazish orqali ham kuzatish mumkin. Ferment solinmagan probirkada esa bu reaksiyalar qayd qilinmaydi. Tajriba natijalari daftarga yozib olinadi va undan tegishli xulosalar chiqariladi.

    Download 397,5 Kb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




    Download 397,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    KRAXMALNI AMILAZA TA'SIRIDA GIDROLIZ QILISH

    Download 397,5 Kb.