• Kerakli asboblar va reaktivlar
  • 14 MASHG’ULOT POLISAXARIDLARGA XOS SIFAT REAKTSIYALARI
  • Biokimyodan laboratoriya mashg’ulotlari 1-mashg’ulot laboratoriya mashg’ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan tanishtirish




    Download 397,5 Kb.
    bet20/32
    Sana13.12.2023
    Hajmi397,5 Kb.
    #117673
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
    Bog'liq
    Biokimyodan laboratoriya mashg printga (2)

    13-mashg’ulot
    Disaxaridlarga xos sifat reaksiyalari

    Disaxaridlar gidrolizlanganda ikki molekula monosaxaridlarga parchalanadi. Ularga sifat reaksiyasini o’tkazishni asosida disaxaridni konsentrlangan sulfat kislota va alfa-naftol ishtirokida furfurolga aylanishi yotadi. Bunda qizil rang hosil bo’ladi. Alfa naftol o’rniga timolni ham qo’llash mumkin.


    Kerakli asboblar va reaktivlar: alfa-naftol, 0.1% li timol, sulfat kislota, 0.1% li saxaroza eritmasi.
    Ishning bajarilish tartibi: o’rganilayotgan eritmaga 1-2 tomchi alfa-naftol eritmasidan tomchilatiladi va aralashtiriladi. Yaxshilab aralashgandan so’ng probirkaga 10-15 tomchi sulfat islotaning konsentrlangan eritmasidan tomiziladi. Bunda sulfat kislota probirka tubiga cho’kib, eritmani pastki qavatiga joylashadi. Eritmani yuqori qavatida saxaroza eritmasi joylashadi. Yuqori va pastki qavatlar chegarasida probirka devori bo’ylab binafsha rangli halqa hosil bo’ladi.
    Biologik suyuqliklarda disaxaridlarni aniqlash uchun yuqoridagi ishlar bajariladi. Agar o’rganilayotgan suyuqlikda dixarid bo’lsa, probirka devori bo’ylab binafsha rang haqa hosil bo’ladi.


    14 MASHG’ULOT
    POLISAXARIDLARGA XOS SIFAT REAKTSIYALARI
    Polisaxaridlarga sifat reaksiyalarini amalga oshirish uchun kraxmal va glikogendan foydalanishimiz mumkin. Kraxmal va glikogenga reaktiv sifatida Lyugol eritmasidan foydalanamiz. Mazkur reaktiv jod va kaliy jodidning suvdagi eritmalari hisoblanib, jod kaliy jodid tuzi bilan birgalikda suvda osonlik bilan eruvchi kompleks hosil qiladi. Lyugol reaktivida kraxmal ko’k rang bersa, glikogen bilan qizil-qo’ngir rang hosil bo’ladi.
    Reaktivlar: 0.1% kraxmal eritmasi, 1% glikogen eritmasi, Lyugol reaktivi.
    Probirkaga 3-4 tomchi kraxmal eritmasidan tomizib, ustiga Lyugol eritmasidan bir tomchi tomizamiz. Reaksiya natijasida kraxmalning ko’k rang berganini kuzatishimiz mumkin.
    Glikogen bilan ham mazkur jarayonni takrorlaymiz. Natijada qizil-qo’ng’ir rangli eritma hosil bo’lganligini kuzatishimiz mumkin. Solishtirma sifatida distillangan suv olib uning ustiga Lyugol eritmasidan tomizamiz va namunada hosil bo’lgan ranglar bilan solishtiramiz. Ushu usul polisaharidlarni ma’lum bir ob’ektda uchrash yoki uchramasligi uchun qo’llanilishi mumkin. Lekin bu jarayon ko’z bilan rangni o’zgarishini aniqlash orqali borganligi uchun polisaxaridlarni miqdoriy jihatdan aniqlash imkonini bermaydi.

    Download 397,5 Kb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




    Download 397,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biokimyodan laboratoriya mashg’ulotlari 1-mashg’ulot laboratoriya mashg’ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan tanishtirish

    Download 397,5 Kb.