• Ishning bajarilishi. I.
  • Biokimyodan laboratoriya mashg’ulotlari 1-mashg’ulot laboratoriya mashg’ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan tanishtirish




    Download 397,5 Kb.
    bet2/32
    Sana13.12.2023
    Hajmi397,5 Kb.
    #117673
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
    Bog'liq
    Biokimyodan laboratoriya mashg printga (2)

    2-MASHG’ULOT
    OQSILLARNI AJRATIB OLISH VA CHO’KTIRISH


    Oqsillarni ajratib olish
    Kerakli asboblar va reaktivlar: gomogenizator, suyuq azot, kvarts qumi, hovoncha va maydalagich, bufer eritmalari,
    Oqsillarni ajratib olish avvalo produtsentni belgilangan oziqa muhitida o’stirishdan boshlanadi. Bunda biomassa hosil qilingandan so’ng uni sentrifuga yordamida fraksiyalarga ajratib olinadi. Agar biz hohlagan oqsil hujayra ichida joylashgan bo’lsa fraksiyaning cho’kma qismi bilan ishlanadi. Mabodo biz hohlagan oqsil hujayra tashqarisiga sekretsiya qilinadigan bo’lsa, fraksiyaning supernant qismi bilan ishlanadi.
    Biomassadan oqsilni ajratishning birinchi bosqichi bu hujayra devorini fizik va mexanik usulda destruksiyalashdan iborat bo’ladi. Buning uchun hujayra devorini destruksiyalash uchun kvarts qumi va suyuq azot kerak bo’ladi. Bunda dastlab biomassa suyuq azot bilan ishlov beriladi va kvarts qumi bilan maydalanadi. Natijada sitozoldagi barcha oqsillar komleksi ajratib olinadi.
    Eritma tarkibidagi oqsillarni cho'ktirish yo'li bilan ajratib olinadi. Oqsillarni cho'ktirish reaksiyalari turlicha bo'lishiga qaramasdan ular ikki guruhga bo'linadi.
    Birinchi guruh reaksiyalari q a y t a r r e a k s i ya l a r deyiladi. Buday deyilishiga sabab, ba'zi bir reaktivlar ta'sirida cho'kmaga tushgan oqsillar, ma'lum vaqtdan keyin qayta eritmaga o'tadi.
    Ikkinchi guruh reaksiyalari q a y t m a s r e a k s i ya l a r deyiladi. Bunda oqsillar o'zlarining ko'pgina eruvchanlik, fermentativ xususiyatlarini yo'qotadi. Shu bilan birga oqsillarning shakli yorug'likni yutishi, elektroforetik harakatchanligi, optik aktivligi kabi fizik-ximiyaviy xususiyatlari ham o'zgaradi, ya'ni oqsil denaturasiyaga uchraydi. Bu guruh reaksiyalar qatoriga oqsillarni og'ir metall tuzlari, alkaloid moddalar, kislotalar va, shuningdek, yuqori harorat ta'sirida cho'ktirish reaksiyalari kiradi.
    a) Oqsillarni tuzlar yordamida cho'ktirish
    Kerakli reaktiv va asboblar: 1. O'simlik oqsili; 2. (NH4)2SO4 ning to'yingan eritmasi; 3. NaCl ning to'yingan eritmasi; 4. MgSO4 tuzi; 5. (NH4)2SO4 ning yarim to'yingan eritmasi; 6. Asetat kislota; 7. NaCl tuzi; 8. Probirkalar; 9. Pipetkalar; 10. Shtativ.
    Oqsillarni tuzlar yordamida cho'kmaga tushirish hodisasi oqsillarning tuzlanishi deyiladi. Oqsillarni cho'ktirishda ishqoriy yoki ishqoriy yer metall tuzlaridan foydalaniladi. Har xil oqsillar tuzlarining konsentrasiyasiga qarab turli darajada cho'kmaga tushadi. Oqsillarning shu xususiyatidan foydalanib, ularni bir-biridan ajratib olish mumkin. Masalan, globulinlar ammoniy sulfatniig yarim to'yingan eritmalarida, albuminlar esa ularning to'la to'yingan eritmalarida yaxshi cho'kma beradi.
    Oqsillarning turli tuzlar ta'sirida cho'kmaga tushishida muhitdagi pH ham katta rol o'ynaydi. Masalan, albuminlar muhit kuchsiz kislotali bo'lganida natriy va matniy sulfatning past konsentrasiyali eritmalarida osonlik bilan cho'kmaga tushadi.
    Ishning bajarilishi. I. Toza yuvib quritilgan probirkaga 2—3 ml o'simlik oqsilidan olib, uning ustiga teng hajmda ammoniy sulfatning to'yingan eritmasi - solinadi va eritma chayqatiladi. Probirkada hosil bo'lgan ammoniy sulfatning yarim to'yingan eritmasida zarrachalari albuminlarga nisbatan katta bo'lgan globulinlar cho'kmaga tushadi. Cho'kmadagi globulinlar filtrlash yo'li bilan ajratib olinadi.
    Filtratda qolgan albuminlarni ajratib olish uchun probirkadagi eritmaga (NH4)2SO4 ning maydalangan kukunidan to'yingan tuz eritmasi hosil bo'lgunga qadar qo'shiladi. Natijada albuminlar cho'kmaga tushadi. Probirkadagi cho'kma filtrlash yo'li bilan ajratiladi. Eritmada oqsilning qolgan-qolmaganligini biuret reaksiyasi orqali aniqlanadi.
    Ajratib olingan albuminlar 4—5 ml distillangan suvda eritiladi va u bilan biuret reaksiyasi o'tkaziladi.
    II. Oqsillarni natriy xlorid va magniy sulfat tuzlari bilan cho'ktirish uchun ikkita probirka olib, ularning har biriga 3 ml dan o'simlik oqsilidan quyiladi, so'ngra birinchi probirkaga natriy xloridning maydalangan kukunidan, ikkinchi probirkaga esa magniy sulfat kukunidan to'yingan tuz eritmasi hosil bo'lguncha qo'shiladi. Natijada globulinlar cho'kmaga tushadi. Probirkalardagi cho'kma filtrlash yo'li bilan ajratib olinadi. Neytral tuz eritmalarida cho'kmaga tushmagan albuminlar filtratda qoladi. Albuminlarni cho'ktirish uchun filtratga asetat kislotasidan bir necha tomchi tomizib, keyin tuz eritmalari qo'shiladi. Kuchsiz kislotali muhitda cho'kmaga tushgan albuminlarni filtrlash yo'li bilan ajratib olinadi, eritmada oqsil bor-yo'qligini bilish uchun biuret reaksiya o'tkaziladi.



    Download 397,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




    Download 397,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biokimyodan laboratoriya mashg’ulotlari 1-mashg’ulot laboratoriya mashg’ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan tanishtirish

    Download 397,5 Kb.