|
b) Oqsillarni spirt bilan cho'ktirish
|
bet | 3/32 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 397,5 Kb. | | #117673 |
Bog'liq Biokimyodan laboratoriya mashg printga (2)b) Oqsillarni spirt bilan cho'ktirish
Kerakli reaktiv va asboblar: 1. O'simlik oqsili; 2. Etil spirt; 3. Natriy xlorid tuzi; 4. Probirkalar; 5. Pipetkalar; 6. Shtativ.
Oqsillar ko'pgina organik erituvchilar (aseton, efir, spirt kabilar) ta'sirida neytral va kuchsiz kislotali muhitda cho'kmaga tushadi. Oksillar, spirt bilan birga bir oz natriy xlorid tuzidan qo'shganda cho'kmaga tezroq va to'la tushadi. Spirt oqsil zarrachalarini degidratasiyaga olib kelsa, tuz ularni zaryadsizlantiradi. Agar oqsillarni cho'ktirish past haroratda olib borilsayu, tushgan cho'kma esa tezda spirtdan ajratib olinsa, oqsil denaturasiyaga uchramaydi.
Ishning bajarilishi. Bu ishni bajarish uchun 2 ta probirka olib, ularning har biriga 2—3 ml dan oqsil eritmasi solinadi. So'ngra oqsil ustiga ozroq NaCl kukuni va 3—4 ml dan spirt solib, aralashma chayqatiladi. Biroz vaqt o'tishi bilan oqsil cho'kmaga tushadi. Agar probirkalarning biriga darhol 4—5 ml distillangan suv, ikkinchisiga 10—15 daqiqadan so'ng suv solinsa, birinchi probirkadagi cho'kmaning eriganligini, ikkinchi probirkadagi cho'kmaning erimay qolganligini ko'rish mumkin. Bu oqsilga spirtniig uzoq vaqt ta'sir etishi natijasida uning denaturasiyaga uchraganligini ko'rsatadi.
c) oqsillarni og'ir metall tuzlari bilan cho'ktirish
K e r a k l i r e a k t i v v a a s b o b l a r: 1. Oqsillarning suvdagi eritmasi; 2. 0,5% li qo'r?oshin asetat eritmasi; 3. 5% li mis sulfat eritmasi; 4. 3% li kumush nitrat eritmasi; 5. 0,5% li simob (II) xlorid-sulema eritmasi; 6. Natriy xloridning to'yingan eritmasi; 7. Probirkalar; 8. Pipetkalar; 9. Shisha tayoqcha; 10. Shtativ.
Oqsillar, og’ir metall (Pb, Cu, Ag va Hg) tuzlari bilan ham cho'kma hosil qiladi. Bu tuzlar ta'sirida eritmadagi oqsillarning cho'kmaga tushishi, ishqoriy yer metall tuzlari yordamida tushadigan cho'kmalardan farq qiladi, ya'ni oqsillar og'ir metall tuzlarining faqat past konsentrasiyali eritmalari ta'sirida cho'kmaga tushadi. Agar bu tuzlar ta'sirida hosil bo'lgan cho'kma ustiga ko'rg'oshin asetat va mis sulfat eritmalaridan qayta qo'shilsa, ilgari hosil bo'lgan cho'kma erib ketadi. Oqsil cho'kmasining erishi eritmaga qo'-shilgan ortiqcha og'ir metallarning oqsil zarrachalarini adsorblab, ularni qayta zaryadlanishi natijasida yuz beradi.
Ishning bajarilishi. To'rtta probirka olib, ularning har biriga 2—3 ml dan oqsil eritmasi solinadi. So'ngra, birinchi probirkaga qo'rg’oshin asetat, ikkinchisiga mis sulfat, uchinchisiga kumush nitrat va, nihoyat, to'rtinchi probirkadagi oqsil ustiga sulema eritmalaridan 4 - 5 tomchidan tomiziladi. Bu reaktivlarni tomizish bilan probirkalarda cho'kma hosil bo'ladi. Agar birinchi va ikkinchi probirkalardagi cho'kma ustiga qaytadan shu reaktivlardan ko'proq tomizilsa, cho'kma erib ketadi. Sulema solingan probirkadagi cho'kma esa ozroq natriy xlorid eritmasi qo'shilgandan keyingina eriydi.
|
| |